“Dendrologiya” laboratoriyasining 2025–2029-yillarga mo‘ljallangan “Botanika bog‘i kolleksiyalarini saqlash, istiqbolli turlarni introduksiya qilish hamda Respublikaning turli sohalariga tavsiya etish” mavzusidagi davlat dasturi hamda 2026-yil uchun belgilangan ilmiy-tadqiqot ishlari doirasida Toshkent viloyatining “Chotqol” davlat biosfera qo‘riqxonasi hududiga ilmiy safar tashkil etildi.
Ilmiy safarning asosiy maqsadi - qo‘riqxona florasida tabiiy holda tarqalgan, noyob va muhofazaga muhtoj daraxt, buta hamda piyozli geofit turlarini aniqlash, ularning tabiiy tarqalish joylarini o‘rganish, urug‘, piyozbosh va tirik namunalarini yig‘ish hamda Toshkent Botanika bog‘i kolleksiyasiga introduksiya qilishdan iborat bo‘ldi.