Yagona aloqa raqami (+998) 55 512 14 24 Ishonch telefoni (+998) 55 514 14 24

Umumxalq xayriya hashari o‘tkazilmoqda

Ayni daqiqalarda yurtimiz bo‘ylab Ramazon hayiti va Navro‘z bayramini munosib kutib olish maqsadida “Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi!” shiori ostidagi umumxalq xayriya hashari bo‘lib o‘tmoqda. Mazkur hashar doirasida mahallalar, ko‘chalar, xiyobon va jamoat maskanlarini obodonlashtirish, hududlarni tozalash, daraxt va gul ko‘chatlari ekish, atrof-muhitni yanada fayzli va ko‘rkam qilish ishlari amalga oshirilmoqda. Shu jumladan Toshkent Botanika bog‘ining ilmiy xodimlari, mutaxassislari va ishchi hodimlar bilan birgalikda Botanika bog‘idagi daraxt va ko‘chatlarni oqlash, ob’ektlarning atrofini tartibga keltirish ishlari amalga oshirildi. 

Bu ezgu tashabbus – azaldan xalqimizga xos bo‘lgan hamjihatlik, mehr-oqibat va bir-birimizga ko‘mak ko‘rsatish kabi qadriyatlarning amaliy ifodasidir.

Keling, Vatanimiz ravnaqi va farovonligi yo‘lida birlashaylik!

 

 

 

 


×