Yagona aloqa raqami (+998) 55 512 14 24 Ishonch telefoni (+998) 55 514 14 24

Toshkent Botanika bog‘ining Issiqxona kompleksi.

  О‘zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi huzuridagi akademik F.N. Rusanov nomidagi Toshkent Botanika bog‘i hududiy-tarkibiy bо‘linmasiga kiruvchi Issiqxona kompleksi о‘simliklari Toshkent Botanika bog‘ining kolleksiyasiga kiritilgan bо‘lib, asosan, tropik, subtropik va kо‘p yillik xona gullarini о‘z ichiga oladi. Issiqxona kompleksiga 1976 yilda asos solingan bо‘lib, umumiy 1776 m2 maydonga joylashgan, 6 ta katta blokdan iborat. Ushbu bloklarning balandligi 5.5 m, eni 7 m, uzunligi 42 m ni tashkil etib, 3 ta stellaj va 2 tadan ichki yо‘laklardan iborat. Uning asosiy 3 ta bо‘limi onalik gullarni parvarishlash uchun mо‘ljallangan hamda qolgan 3 ta bо‘limi onalik gullardan qalamchalar olib kо‘paytirish hamda о‘simliklar ustida turli xil tajribalar olib borish uchun maxsus stellajli bо‘limlardan iborat. Ayni vaqtda, turli xil kо‘p yillik tropik va subtropik о‘simliklarning 37 oila, 87 turkumga mansub 140 dan ortiq turlari saqlanib, ular ustida doimiy kuzatishlar olib borilmoqda. Ushbu о‘simliklarning asosiy qismi boshqa davlatlardan olib kelingan hamda introduksiya qilingan xona gullarining moslashuvchanligi bilan alohida ahamiyat kasb etadi. 


×