Yagona aloqa raqami (+998) 55 512 14 24 Ishonch telefoni (+998) 55 514 14 24

Toshkent botanika bog‘ida kuz tarovati.

Kuz fasli Toshkent botanika bog‘iga o‘zgacha go‘zallik va betakror manzara baxsh etmoqda. Tabiatning oltin fasli kirib kelishi bilan bog‘ hududi sariq, qizg‘ish va tillarang yaproqlarga burkanib, tashrif buyuruvchilarga ajoyib kuz manzaralarini namoyon etmoqda.Bog‘dagi turli daraxt va butalarning rang-barang tusga kirishi, xazonrezgi jarayonlari hamda musaffo havo kuz faslining o‘ziga xos tarovatini yanada yaqqol namoyish etmoqda. Ayniqsa, daraxtzorlar va sayr yo‘laklaridagi kuzgi manzaralar tabiat ixlosmandlari uchun o‘zgacha zavq bag‘ishlaydi.
Toshkent botanika bog‘i nafaqat dam olish va sayr qilish, balki o‘simliklar olamidagi mavsumiy o‘zgarishlarni kuzatish, tabiatning biologik xilma-xilligi bilan yaqindan tanishish uchun ham muhim maskan hisoblanadi.Toshkent botanika bog‘ining betakror kuz manzaralari barchani tabiat go‘zalligidan bahramand bo‘lishga chorlaydi.

×