Allium viridiflorum Pobed. — Yashilroq piyoz
Piyozlari yakka-yakka, cho‘ziq 1-2 sm yo‘g‘onlikda, pardasimon kulrang yaxlit po‘stli. Poyasi 20-35 sm. Barglari 4 ta ipsimon, g‘uj, novsimon. Farg‘ona okrugida tarqalgan.


Allium gusaricum Regel — G‘uzor piyozi
Piyozchalari bir nechtadan zich joylashgan, qisqa yuqoriga yo‘nalgan ildizpoyaga birikkan, silindrsimon-konussimon, po‘stloqlari qo‘ng‘irtusli, to‘rsimon.
Gul poyasi 5–15 sm balandlikda, ingichka, silliq, asos qismida barglarning dag‘al yoki tukli qinlari bilan o‘ralgan. Barglari 3–4 ta, tor chiziqsimon, eni 0,5–1,5 mm, yassi, tukli, gul poyasidan ancha kalta. Nurota va Kohistang okrugida tarqalgan.

