Yagona aloqa raqami (+998) 55 512 14 24 Ishonch telefoni (+998) 55 514 14 24

Keling hasharda faol bo‘laylik!

  O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “2025-yil 13-avgustdagi “Obod va fayzli mahalla-yurt ko‘rki” shiori ostida umumxalq xayriya hasharini o‘tkazish to‘g‘risida”gi 515-F-sonli farmoyishi tasdiqlandi, shunga binoan Toshkent Botanika bog‘ida ilmiy xodimlar, mutaxassislar va ishchi hodimlar bilan birgalikda Botanika bog‘idagi daraxt va ko‘chatlarni oqlash,  ob’ektlarning atrofini tartibga keltirish ishlari amalga oshiriladi.

  Bu ezgu tashabbus – azaldan xalqimizga xos bo‘lgan hamjihatlik, mehr-oqibat va bir-birimizga ko‘mak ko‘rsatish kabi qadriyatlarning amaliy ifodasidir.

Keling, Vatanimiz ravnaqi va farovonligi yo‘lida birlashaylik!

 


×