Bu turkum oilada eng katta ahamiyatga ega. Uning tarkibida 40 dan ortiq tur bo‘lib, ular tropik va subtropik mintaqalarda tarqalgan. Markaziy Osiyo respublikalarida chilonjiyda yoki xitoy finigi (Ziziphus jujuba Mill.) turi uchraydi. Uning gullari mayda, ko‘kimtir, gul qismlari 5 tadan bo‘lib, mevasi usti qizil, jiydaga o‘xshash danakcha. Yosh novdalari egri-bugri, tikanli kichik daraxt.
Chilonjiyda quruq tog‘ qiyaliklarida o‘sadi. Bu yerlarda dengiz sathidan 1500-1600 m gacha balandlikka ko‘tariladi. Urug‘idan yaxshi ko‘payadi, ildizidan bachki- laydi. Chilonjiyda Xitoyda ko‘p uchraydi,uning ming yillar davomida ko‘plab xalq seleksiyasi tomonidan yirik mevali navlari yaratilgan.
Xitoyda u asosiy mevali o‘simlik hisoblanadi. Quritilgan mevasining tarkibida 70% qand, 5,36% protein, 1,4% kislota, 2,8% kul boiadi. Mazasi xurmoga va olmaga o‘xshaydi.
