2025 yil 9-13 iyun kunlari Janubiy Koreyaning poytaxti, Seulda tashkil etilgan kongressda Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika instituti huzuridagi akademik F.N. Rusanov nomidagi Toshkent Botanika bog‘i direktori Sodikjon Abdinazarov Xoliqnazarovich va Dendralogiya Laboratoriyasi mudiri Temirov Eldor Ergashboevich ishtirok etmoqda. Ushbu tadbir Koreya Milliy Arboretum (KNA) hamkorlikda oʻtkazilmoqda. Ushbu kongressda ekspertlar, tadqiqotchilar, oʻqituvchilari va dunyo boʻylab botanika bogʻlari rahbarlari, shuningdek, xalqaro tashkilotlar, shu jumladan YUNESKO tashkiloti ham ishtirok etmoqda.
Ayni paytda kongressdan koʻzlangan asosiy maqsad, Markaziy Osiyo bioxilma-xilligini saqlash shuningdek botanika bogʻlarida biologik xilma-xillikni saqlash va ta'limning eng yaxshi amaliyotlarini joriy etish. Kongressda “Yashil yoʻl” loyihasi, koʻp tomonlama anglashuv memorandumini imzolash marosimi ICEBG rasman boshlanishidan bir kun oldin, 2025 yil 8 iyunda boʻlib oʻtdi. Bundan tashqari 11 ta CABCN hamkor institutlarini, shu jumladan ikkita yangi a'zoni birlashtirish yani:
- Ostona botanika bogʻi (Qozogʻiston)
- Baekdudaegan milliy daraxtzori (Janubiy Koreya)
Ushbu kengaytirilgan hamkorlik bioxilma-xillikni saqlash boʻyicha birgalikdagi sa'y-harakatlarni yanada kuchaytiradi uchun asosiy poydevor boʻlib xizmat qiladi.