Yagona aloqa raqami (+998) 55 512 14 24 Ishonch telefoni (+998) 55 514 14 24

14-fevral – Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludi kuni

 Boburning otasi – Umarshayx Mirzo Farg‘ona viloyati hokimi, onasi – Qutlug‘ Nigorxonim Toshkent hokimi Yunusxonning qizi edi.

Asl ismi – Zahiriddin Muhammad ibn Umarshayx Mirzo. Dovyurakligi va jasurligi uchun u yoshligidan “Bobur” (“Sher”) laqabini olgan.

Otasi Axsida 39 yoshida fojiali halok bo‘lgach, 12 yoshli Bobur valiahd sifatida taxtga o‘tiradi (1494-yil iyun).

Bobur Afg‘onistonda “Bog‘i Shahroro”, “Bog‘i Jahonoro”, “O‘rtabog‘”, “Bog‘i Vafo” va “Bog‘i Bobur” kabi oromgohlarni barpo ettirgan.

Boburning Humoyun, Gulbadanbegim, Komron va Hindol ismli farzandlari Kobulda tug‘ilgan.

Bobur 1526-yil aprelida (43 yoshida) Panipat jangida Dehli sultoni Ibrohim Lo‘diyning yuz ming kishilik qo‘shinini 12 ming askari bilan tor-mor qilib, Dehlini egallaydi. Ko‘p o‘tmay, ikkinchi hind sarkardasi Rano Sango ustidan ham zafar qozonib, Shimoliy Hindistonning Bengaliyagacha bo‘lgan qismini bo‘ysundiradi.

Bobur 1521-yilda “Mubayyin” nomli nazmiy asarini yozib, unda shariatning besh ustunini bayon etgan. O‘sha yili u “Mubayyin ul-zakot” kitobini ham yozgan. Uning “Harb ishi”, “Musiqa ilmi” kabi ilmiy asarlari hanuz topilmagan.

“Boburnoma” voqealari Andijon, Xo‘jand, Samarqanddan boshlab Hirot, Kobul va Agragacha bo‘lgan qamrovga ega. Unda O‘rta Osiyodan to Hindistongacha bo‘lgan hududdagi deyarli 50 yillik voqealar, tabiat va jamiyat hayoti lavhalari haqqoniy ifodasini topgan.

Bobur 47 yoshida Agrada vafot etadi va o‘sha yerda dafn qilinadi, keyinchalik (1539), vasiyatiga muvofiq xoki Kobulga keltirilib, o‘zi bunyod ettirgan “Bog‘i Bobur”ga qo‘yiladi.

Bobur asos solgan saltanat Hindistonda uch yarim asrga yaqin hukm suradi.

 


×