Yagona aloqa raqami (+998) 55 512 14 24 Ishonch telefoni (+998) 55 514 14 24

Piyozli geofitlar kolleksiyasi

 

GLOBAL ALLIUM GARDEN Xalqaro piyoz turlarini muhofaza qilish dasturi” doirasida Toshkent markazi tashkil etildi. Mazkur dastur dastlab, O‘zbekiston Respublikasi va Xitoy Halq Respublikasi o‘rtasidagi halqaro hamkorlik doirasida, xususan botanik tadqiqotlar doirasida olib borilayotgan ilmiy-tadqiqotlar zaminida amalga oshirish rejalashtirilgan edi. Dastlab, 2017 yilda halqaro piyoz bog‘ining birinchi markazi Xitoy Fanlar akademiyasi Kunmin Botanika bog‘ida tashkil etilib, Toshkent markazi esa Botanika bog‘ida 2018 yilda yaratildi.

- O‘zR FA Botanika instituti huzuridagi Toshkent Botanika bog‘ida O‘zbek-Xitoy piyozlar bog‘i Toshkent markazi (Global Allium Garden Tashkent center) 2018 yilda tashkil etilgan. Piyozlar bog‘i O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Botanika instituti direktori akademik K.SH. Tojibayev va Xitoy Fanlar akademiyasi Kunmin botanika bog‘i va Botanika instituti ilmiy xodimlarining tashabbusi bilan barpo qilingan. Dastlab yaratilgan piyozlar bog‘ining umumiy maydoni 0,5 ga ni tashkil qilgan bo‘lib, kolleksiyada nafaqat O‘zbekiston florasining Piyozlar turkumiga mansub o‘simliklar, balki floramizning geofit o‘simliklari – lolalar, gulsafsarlar va shirachlar ham o‘rin olgan. O‘zbek-Xitoy piyozlar bog‘i har ikki davlat ilmiy hamkorligining yangi marralarga olib chiqishda dastlabki loyihalardan biri bo‘lib hizmat qilmoqda.

- O‘zbekiston florasida piyozlarning 130 ortiq turlari mavjud bo‘lib, ular orasida manzarali, dorivor, noyob va endem turlar o‘ziga xosligi bilan ajralib turadi. Ayni paytda Piyozlar bog‘ida Markaziy Osiyo, Xitoy, Eron, Kavkaz va O‘rta Yer dengizi florasiga mansub 100 dan ortiq turlar parvarish qilinmoqda.

- 2019-yilda Piyozlar bog‘i yangi hududga ko‘chirib o‘tkazildi. Toshkent Botanika bog‘ining kirish qismida o‘ziga xos dizaynda yaratilgan “Allium Garden”ga gullash mavsumida har kuni yuzlab mehmonlar tashrif buyurishadi. Aprel, May oylarida har yili bu ko‘rkam maydonchani mavsum ochilishi marosimi tashkil qilinadi. Tadbirga O‘zbekiston va Xitoy Fanlar akademiyalaridan, turli oliygohlardan, ommaviy axborot vositalaridan mehmonlar tashrif buyuradilar. Yangi piyozlar bog‘ida Floraga mansub turlardan tashqari O‘zbekistonda iste’mol qilinadigan piyoz navlaridan iborat kichik kolleksiya ham yaratilgan bo‘lib, bu maydonchalar ilmiy xodimlardan tashqari qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari bilan faoliyat olib boruvchi mutaxassislarni ham e’tiborini tortib kelmoqda.

- Mazkur tashkil etilgan maydonga Allium turkumining mahalliy 27 turga mansub o‘simliklarning 2000 ga yaqin namunalari, Xitoy Halq Respublikasidan keltirilgan 5 turga mansub (Allium gigantheum, A. gladiator, A. summer drummer, A. tuberosum, A. ambassador) 13 ta namunasi va madaniy piyozning 12 navlariga tegishli 1600 ortiq namunasi, shuningdek, tur nomiga aniqlik kiritilmagan (sp.) 27 piyoz turlarining 400 dan namunalari ekilgan.

- Toshkent Botanika bogida piyozli geofitlarning tashkil etilgan kolleksiyasida Iris turkumining 14 turdagi vakillari namunalari mavjud bolib, ularning 4 tasi Ozbekiston Respublikasi “Qizil kitobi”ga kiritilgan turlar, 10 tasi tegishli tizmalar endemi va 4 tasi Ozbekiston florasi endem turlari hisoblanadi.

- Tashkil etilgan kolleksiya maydonida Eremurus turkumining 5 turdagi vakillari namunalari keltirilgan bolib, ularning 1 tasi (Eremurus lactiflorus O. Fedtsch.) Ozbekiston Respublikasi “Qizil kitobi”ga kiritilgan. Mazkur turkum vakillari piyozli geofitlar qatoriga kirmasada, kolleksiya tarkibini boyitish, mazkur turkum turlarining kamyob, endem va Qizil kitobga kiritilgan turlarining tirik kolleksiyasini yaratish, kelgusida olib boriladigan ilmiy tadqiqotlar uchun baza sifatida foydalanish mumkinligini inobatga olgan holda loyiha doirasida mazkur turkum vakillarining ham tirik kolleksiyasini yaratish hamda turkum turlari ustida ilmiy tadqiqotlar olib borishni ishlari rejalashtirilgan

- Hozirda tashkil etilgan kolleksiya maydonida Tulipa turkumining 16 turdagi namunalari mavjud bolib, ularning 7 tasi Ozbekiston Respublikasi “Qizil kitobi”ga kiritilgan turlar, 4 tasi Ozbekiston florasi endemlari va 9 tasi tegishli tizmalar endemlari hisoblanadi.

- Ozbekiston florasidagi Colchicaceae, Liliaceae, Amaryllidaceae, Iridaceae, Ixioliriaceae oilalarining 10 turkumga mansub 305 turlarining 101 tur namunalari kolleksiya maydoniga ekilgan.


×