Yagona aloqa raqami (+998) 55 512 14 24 Ishonch telefoni (+998) 55 514 14 24

“Formula 35” fan festivali: Toshkent Botanika bog‘iga oliy ta’lim muassasalari va ilmiy institutlar vakillari tashrif buyurdi

   Ayni paytda Toshkent Botanika bog‘ida yoshlar o‘rtasida ilm-fanga bo‘lgan qiziqishni oshirish, zamonaviy ilmiy yutuqlarni keng targ‘ib etish hamda fan va ta’lim integratsiyasini rivojlantirishga qaratilgan “Formula 35” fan festivali o‘z ishini boshladi.
Festival doirasida turli ilmiy-tadqiqot institutlari hamda oliy ta’limMuassasalarining vakillari Toshkent Botanika bog‘iga tashrif buyurib, ilm-fan va innovatsiyalar sohasidagi faoliyat, zamonaviy tadqiqot yo‘nalishlari hamda ilmiy ishlanmalar bilan yaqindan tanishmoqda. Tashrif davomida ishtirokchilar Botanika bog‘ining boy o‘simliklar kolleksiyasi, noyob va manzarali o‘simlik turlari, shuningdek, o‘simliklarni asrash, o‘rganish va biologik xilma-xillikni muhofaza qilishga qaratilgan ilmiy faoliyatga alohida e’tibor qaratishlari ko‘zda tutilgan.Toshkent Botanika bog‘ida yoshlar o‘rtasida ilm-fanni ommalashtirish, innovatsion g‘oyalarni qo‘llab-quvvatlash va ekologik madaniyatni yuksaltirishga qaratilgan. Tadbirning asosiy maqsadi — dolzarb ekologik muammolarni ilm-fan, zamonaviy texnologiyalar va innovatsion yondashuvlar asosida hal etishga xizmat qiluvchi istiqbolli g‘oya va loyihalarni aniqlash, yoshlarning ijodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish hamda ularni atrof-muhitni muhofaza qilishga qaratilgan tashabbuslarga keng jalb etishdan iborat.

 

 


×