Yagona aloqa raqami (+998) 55 512 14 24 Ishonch telefoni (+998) 55 514 14 24

AZIZ YOSH OLIMLAR VA FANLAR AKADEMIYASI TIZIMI XODIMLARI!

Sizlarni va farzandlaringizni 1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan tashkil etilayotgan “ILM VA SPORT — INSONNING IKKI QANOTIDIR” shiori ostidagi madaniy-sport bayramiga taklif etamiz!

13-iyun 2026-yil
 Soat 09:00

 F.N. Rusanov nomidagi Toshkent Botanika bog‘i
Toza havo bag‘rida o‘tadigan ushbu bayramda sizlarni:.
Qiziqarli sport musobaqalari;
Shashka bahslari;
Turnikda tortilish;
Arqon tortish;
Milliy va xalq o‘yinlari;
Bolalar uchun quvnoq startlar;
Ijodiy mashg‘ulotlar va tanlovlar;
Sovrinlar va kutilmagan syurprizlar kutmoqda.
Bu nafaqat sport bayrami, balki olimlar, xodimlar va ularning oila a’zolarini birlashtiruvchi, do‘stlik va hamjihatlikni mustahkamlovchi, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qiluvchi qutlug‘ tadbirdir.
G‘olib va faol ishtirokchilar diplom, esdalik sovg‘alari hamda qimmatbaho sovrinlar bilan taqdirlanadi.
Barcha xodimlar, yosh olimlar va farzandlarini ushbu sport va do‘stlik bayramida faol ishtirok etishga chorlaymiz!

Birdamlikda — kuchmiz!
Sog‘lom turmush tarzi — baxtli hayot garovi!
Ilm va sport — taraqqiyotning ikki qanotidir!


×