2025 yil 14 may kuni Malayziya Milliy universiteti vakili Farah Ayuni xonim F.N.Rusanov nomidagi Toshkent botanika bogʻiga tashrif buyurdi. Tashrifdan koʻzlangan maqsad buyuk allomalarimiz Abu Rayhon Beruniy va Abu Ali ibn Sinoning dorivor oʻsimliklarni dori-darmon maqsadlarida qoʻllash sohasidagi ilmiy merosi bilan tanishish edi. Tashrif davomida xomashyo o’simliklari introduksiyasi va agroekologiyasi laboratoriyasi mudiri, tibbiyot fanlari doktori, professor-o‘qituvchilar bilan uchrashuv tashkil etildi. Xojimatov O.K. Uchrashuv chogʻida doktor Farah Ayuni Botanika bogʻining dorivor oʻsimliklar kolleksiyasida laboratoriya xodimlari tomonidan olib borilayotgan ulkan ishlar bilan tanishtirildi.