15 noyabr kuni Toshkent Botanika bog'iga Janubiy Koreaning qishloq xo'jaligi iqtisodiyoti ilmiy-tadqiqot instituti va Korea O'rmonchilik instituti olimlari hamda KOICA Korea Xalqaro hamkorlik agentigi bilan birgalikda tashrif uyushtrishdi. Dastlab Botanika bog'ining yaratilishi, bog'dagi o'simliklar bilan tanishib chiqishdi. O'zaro fikr mulohazalari va tajribalari bilan o'roqlashishdi. Suhbat davomida respublikamiz sharoitiga mos keluvchi yangi turdagi manzarali va noyob daraxt-bula turlarining introduksiya qilish, yangi avtomatik boshqariladigan niholxonalar tashkil etish va hamkorlikda yangi innovatsion loyihalarni amalga oshirish bo'yicha hamkorlik qilishga kelishib olindi. Mazkur loyiha 2023-2026 yillarda amalga oshirilishga kelishib olindi.