Yagona aloqa raqami (+998) 55 512 14 24 Ishonch telefoni (+998) 55 514 14 24

Xalqaro hamkorlik

Xalqaro hamkorliklar kengaytirilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika instituti huzuridagi akademik F.N Rusanov nomidagi Toshkent botanika bog‘i direktori b.f.n. Abdinazarov Sodiqjon Xaliknazarovich hamda Qozog‘iston Respublikasi Ekologiya va tabiiy resurslar vazirligi O‘rmon xo‘jaligi va hayvonot dunyosi qo‘mitasining Ostona botanika bog‘i direktori q.x.f.n. Rajanov Medeu Razhanovich 2024-yil 11-sentabrda Qozog‘iston Respublikasining Ostona shahrida hamkorlik to‘g‘risidagi memorandumni imzoladilar.

Ostona botanika bogʻiQozogʻiston Respublikasi Ekologiya va tabiiy resurslar vazirligining Oʻrmon xoʻjaligi va hayvonot dunyosi qoʻmitasining Botanika va fitobentroduktsiya instituti xoʻjalik yuritish huquqiga ega respublika davlat korxonasi filiali. Ostona botanika bog‘i 2018-yil 2-iyul kuni davlat rahbari Nazarboyev tomonidan rasman ochildi.

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika instituti huzuridagi akademik F.N. Rusanov nomidagi botanika bog‘i delegatsiyasi tarkibida botanika bog‘i direktori b.f.n. Abdinazarov Sodiqjon Xaliknazarovich, botanika bog‘i dendrologiya laboratoriyasi mudiri b.f.n. Temirov Eldor Ergashboevich, botanika bog‘i biotexnologiyalar laboratoriyasi mudiri b.f.n. Mustafina Feruza Usmonovna va botanika bog‘i biotexnologiya laboratoriyasi kichik ilmiy xodimi Juraeva Hanifa Kobil kizi.

Toshkent botanika bog‘i delegatsiyasi Ostona botanika bog‘i laboratoriyalari, issiqxona, gerbariy urug’ banki bilan tanishdi, Ostona botanika bog‘i kolleksiyalari bilan tanishdi. Memorandum doirasida qoʻshma loyihalar amalga oshiriladi, maqolalar chop etiladi, oʻsimlik dunyosini oʻrganish boʻyicha qoʻshma ekspeditsiyalar tashkil etiladi,shuningdek,botanika bogʻlari kollektsiyalarini saqlash va toʻldirish koʻzda tutiladi.


×