Xitoy glitsiniyasi (Wisteria sinensis L.) Глициния китайская
Xitoy Glitsiniyasi Dukkakdoshlar - Fabaceae oilasiga mansub o‘simlik hisoblanib, bu oilaga hammaga ma’lum Bunduk, Bagryanik, Sofora, Akatsiya turkumlari ham kiradi. Xitoy Glitsiniyasi Glitsiniya turkumiga mansub bo‘lib, bu turkumga Xitoy va Yapon Glitsiniyasi keng tarqalgan turlaridan biri sanaladi. Glitsiniya yoki Visteriya yuqori manzarali liana hisoblanadi. Glitsiniya turkumining 9 ta turi mavjud. Lekin manzarali bog‘dorchilik va ko‘kalamzorlashtirishda bir necha turlaridangina foydalaniladi. Bo‘yi 20 metrgacha o‘sadi, to‘pguli uzunligi 30 sm.gacha. To‘pguldagi gullarning bir vaqtda ochilishi betakror go‘zallik yaratadi. Butun yoz davomida, ayrim formalari sentyabr-oktyabr oylarigacha gullab turadi. -20 C daraja sovuqqa bardosh beradi. Yorug‘lik va issiqlikni yoqtiradi. Asosan vegetativ yo‘l bilan ko‘paytiriladi. Ushbu tur o‘simligi ochiq grunt va vertikal ko‘kalamzorlashtirishdan tashqari Xitoy va Yaponiyada Bonsay o‘simlik sifatida ham parvarish qilinadi. Xitoy Glitsiniyasi tabiiy ravishda Xitoyning markaziy va sharqiy qismidagi tog‘, o‘rmonlarida dengiz sathidan 500-1800 m balandlikda tarqalgan. Xitoy glitsiniyasi Anxuy, Fujian, Guangxi, Xebey, Xenan, Xubey, Tszansu, Tszansi, Shaansi, Shanxi va Shandun provinsiyalari va Yaponiyada Yapon Glitsiniyasi tarqalgan. Gulli yoki manzarali bargli o‘simliklarning Ampel o‘simliklarini o‘z ichiga olgan konteynerlaridagi kompozitsiyalar har qanday eng oddiy ko‘rinadigan tuzilishga ega va ko‘rimsiz yuzani yorqin ranglar bilan bezatishi mumkin.
Xitoy glitsiniyasi xushbo‘y gullarning yirik shokilalariga ega yog‘ochli chirmashuvchan lianalardan iborat turkum. Turkumning nomi yunoncha “shirin” degan ma’noni anglatuvchi so‘zdan kelib chiqadi va lotincha Wisteria nomi esa amerikalik olim Kaspar Vistar sharafiga berilgan.
Glitsiniya poyalari bilan har qanday mavjud tayanchga chirmashib, yuqoriga ko‘tariladi. Qizig‘i shundaki, glitsiniya floribunda yuqoridan qaralganda soat yo‘nalishi bo‘yicha, Xitoy glitsiniyasi esa soat yo‘nalishiga qarshi chirmashadi. Bu glitsiniyaning eng keng tarqalgan ikki turini ajratishga yordam beradi. Gullari turli xil ranglarda, jumladan, oq, siyohrang, binafsha va pushti rangda bo‘lib, ular shirin hidi bilan mashhur.
Toshkent Botanika bog‘iga Wisteria sinensis L. turning urug‘lari Xitoy davlatidan, akademik F.N. Rusanov tamonidan 1954-yilda introduksiya qilish maqsadida olib kelinib ko‘chatxonalarga ekilgan. Urug‘lardan ekilgan nihollar 1955-yilning bahor oyida unib chiqqan va yosh nihollari 1956-yilda Sharqiy Osiyo ekspozitsiyasiga ko‘chirib o‘tkazilgan.