Padubbargli magoniya (Mahonia aquifolium (Pursh) Nutt.) Магония падуболистная.
Padubbargli magoniya Bu buta past bо‘yli, balandligi 1 metrgacha bо‘lgan yerga yotib о‘sadigan manzarali doim yashil о‘simlik bо‘lib, barglari qattiq, yaltiroq, pо‘sti qalin, tо‘q yashil rangda, bargchalari о‘tkir tishchali. U may oyida gullaydi, gullari tilla rang sariq, yig‘ilib shingilcha hosil qiladi. Rezavor mevasi seret, qoramtir, havo rang, yumaloq shaklda bо‘lib, diametri 8 mm gacha, yetadi kuzda yetiladi. Urug‘ olish uchun mevasini avgust oyida yig‘ish kerak. Magoniya Shimoliy Amerikadagi tog‘li hududlarda tarqalgan. О‘zbekistonda asosan, manzarali buta sifatida ekiladi, chunki uning guli va barglari juda gо‘zal. Sovuqqa, qurg‘oqchilikka chidamli. Ildizidan oson bachkilaydi, о‘rmon melioratsiyasi ishlarida tog‘ qiyaliklarini yomg‘ir suvi yuvib ketishidan saqlash maqsadida ekish uchun juda qulay о‘simlik. Magoniya shaharlarni kо‘kalamzorlashtirishda keng qо‘llaniladi. Parklar, xiyobonlarda ekiladi. Landshaft kompozitsiyalari yaratishda foydalaniladi.
Toshkent Botanika bog‘iga Mahonia aquifolium (Pursh) Nutt. turning urug‘lari akademik F.N.Rusanov tamonidan 1948-yilda introduksiya qilish maqsadida olib kelinib ko‘chatxonalarga ekilgan. Urug‘lardan ekilgan nihollar 1949-yilning mart oyida unub chiqgan va yosh nihollari 1951-yilda Shimoliy Amerika ekspozitsiyasiga ko‘chirib o‘tkazilgan. Hozirgi vaqtda ekspozitsiyada ushbu turning 2-ta butalar o‘smoqda.