Yagona aloqa raqami (+998) 55 512 14 24 Ishonch telefoni (+998) 55 514 14 24

Eldor qarag'ayi

Eldor qarag‘ayi (Pinus eldarica Medw.) Сосна эльдарская

Eldor qarag‘ayi tabiiy sharoitlarda 12-15 metr balandlikkacha о‘sadi. Ushbu qarag‘ay turi MDH da о‘suvchi eng janubiy qarag‘ay turi hisoblanadi. Eldor qarag‘ayi toshloq yerlarda о‘sib, bu yerlarda yog‘uvchi 200 mm yillik yog‘in miqdori bilan qanoatlanadi. Yozgi oylarda yomg‘ir butkul yog‘maydi. Bu yerlarda ular alohida daraxt yoki kichik qarag‘ayzorlar kо‘rinishida о‘sadi. Aprelda gullaydi, qubbalari 2 yil davomida (20-22 oy) yetiladi, 3-4 yili ochiladi va urug‘lari atrofga yoyiladi. 2007-2008 yilning qahraton qishida О‘zbekiston sharoitlari uchun kam uchraydigan sovuqlar (-28 oC) qayd etildi. Toshkent shahriga ekilgan eldor qarag‘aylarining 70-80% saqlanib qoldi yoki qisman zararlandi. Bu holat eldor qarag‘ayini yuqori moslashuvchanligini kо‘rsatadi. Tez о‘sishi va quruq issiqlardan zararlanmasligi kabi xususiyatlari uni kо‘kalamzorlashtirish uchun istiqbolli turga aylantirgan. Aholi turar joylarini kо‘kalamzorlashtirishda va landshaftlar barpo etishda keng qо‘llaniladi. Avtomobil yо‘llari chekkasida alleyalar barpo etish uchun mos daraxt turi hisoblanadi.

Toshkent Botanika bog‘iga Pinus eldarica Medw. turning urug‘lari Baku davlatidan akademik F.N. Rusanov tamonidan 1953-yilda introduksiya qilish maqsadida olib kelinib ko‘chatxonalarga ekilgan. Urug‘lardan ekilgan nihollar 1954-yilning mart oyida unub chiqgan va yosh nihollari 1957-yilda igna bargli daraxtlar kolliksiyasiga ko‘chirib o‘tkazilgan. Hozirgi vaqtda kollektsiyasida ushbu turning 5-ta katta yoshli daraxtlar o‘smoqda.


×