Dubrovka bargli tobulg’i (Spiraea chamaedryfolia L.) Спирея дубравколистная
Dubravka bargli tobulg‘i qalin shox-shabbali, novdalari ingichka, qо‘ng‘ir qizil rangdagi, tukli buta bо‘lib, balandligi 1-1,5 m. Kurtaklari mayda, yumaloq tuxumsimon shaklda, kо‘p tangachalar bilan qoplangan, qо‘ng‘ir rangda, tukli, kо‘pincha dasht, tog‘ о‘rmonlarida о‘sadi. Barglari tuxumsimon yoki teskari tuxumsimon, yoki bо‘lmasa lansetsimon bо‘lib, bitta tomirli, uchi 2-5 tishchali yoki butun, yuz tomoni tо‘q yashil, ustki tomoni yashil yoki zangori yashil rangda, uzunligi 7-35 mm, gullari oq rangda bо‘lib, yig‘ilib soyavonsimon tо‘pgul hosil qiladi. May oyida gullaydi, gullaganda juda chiroyli manzarali kо‘rinish yuzaga keltiradi. Tabiiy holda togiarda, o‘rmonlarda daraxtlar soyasida o‘sadi. Tuproq tanlamaydi. Yashil to‘siq uchun ekiladi. Mart aprel oylarida gullaydi. Juda chiroyli buta boigani uchun ko‘kalamzorlashtirishda foydalaniladi. Urug‘dan yaxshi kо‘payadi. Uni yashil tо‘siq uchun ekish tavsiya qilinadi. Aholi yashash joylarini kо‘kalamzorlashtirishda keng qо‘llanilmoqda. Landshaft qurilishda kompozitsiyalar yaratishda foydalaniladi. Parklarda, dam olish oromgohlarida kо‘kalamzorlashtirish uchun ekiladi.
Toshkent Botanika bog'iga Spiraea chamaedryfolia L. turning urug’lari Leningrad davlatidan akademik F.N. Rusanov tamonidan 1954-yilda introduksiya qilish maqsadida olib kelinib ko’chatxonalarga ekilgan. Urug’lardan ekilgan nihollar 1957-yilning mart oyida unub chiqgan va yosh nihollari 1958-yilda Yevropa-Qrim-Kavkaz ekspozitsiyasiga ko‘chirib o‘tkazilgan. Hozirgi vaqtda ekspozitsiyada ushbu turning 2-ta butasi o'smoqda.