Dag'al deysiya (Deutzia scabra Thunb.) Дейция шершавая.
Dag'al deysiya (Deutzia scabra Thunb.) - balandligi 1-2 metr bo'lgan dekorativ ko’rinishga ega gulli va to'g'ridan-to'g'ri o'sadigan buta. Gortenziya (Hydrangeaceae) oilasiga mansub gulli o'simliklarning bir turi hisoblanadi. Vatani Yaponiya, Sharqiy Osiyo, Evropa va Shimoliy Amerikaga introduksiya qilingan. Uning tabiiy yashash joyi o'rmon atroflari va tog’ yonbag’irlarida o’sadi. Yillik o'sish balandligi 30-40 sm, kengligi 20-30 sm. Barglari 3-8 sm uzunlikdagi, oval-uchli quyuq yashil, kuzda sariq rangga kiradi. O'simliklar aprel oyining oxiridan oktyabr oyining o'rtalariga qadar gullaydi. Gullar uzunligi 12 sm gacha bo'lgan novdalarda to'planadi, unumdor tuproqlarni yaxshi ko'radi. O'simliklar bir-biridan 1,5-2 m masofada ekilgan. Ekish chuqurining o'lchami 40x40 sm, unga gumus, torf qo'shiladi. Shaharlarda xiyobonlarda, yo’laklar chekkalariga ekish uchun ta’vsiya etiladi.
Toshkent Botanika bog'iga Deutzia scabra Thunb turning urug’lari A.A. Mavjudov tamonidan 1979-yilda introduksiya qilish maqsadida olib kelinib ko’chatxonalarga ekilgan. Urug’lardan ekilgan nihollar 1979-yilning mart oyida unub chiqgan va yosh nihollari 13.12.1979-yilda Sharqiy Osiyo ekspozitsiyasiga ko‘chirib o‘tkazilgan. Hozirgi vaqtda ekspozitsiyada ushbu turning 2–dona buta o'smoqda.