Yagona aloqa raqami (+998) 55 512 14 24 Ishonch telefoni (+998) 55 514 14 24

Catalpa speciosa

 

Go‘zal katalpa (Catalpa speciosa (Werd.) Engelm.) Катальпа ппрекрасная.

 Go‘zal katalpa (Catalpa speciosa (Werd.) Engelm.) -katta daraxt bo‘lib, balandligi 30 m, diametri 1,5m ga yetadi. Tanasi tik o‘sadi, shox-shabbasi piramida shaklda yoki keng yoyilgan. Tanasi va shoxlarining po‘stlog‘i qizil-qo‘ng‘ir rangda. Barglari keng oval shaklda, ba’zan cho‘ziq, uzunligi 15-30 sm ga yetadi, uchi o‘tkir, tubi to‘mtoq, cheti tishchali. Yuz tomoni tiniq yashil, tuksiz, orqa tomoni sertuk hidsiz. Barg bandi 10-15 sm uzunlikda. Gullari kam gulli ro‘vak hosil qiladi. Ro‘vagining uzunligi 20 sm ga yetadi. Ko‘sakchasining uzunligi 45 sm. eni 1,5 sm po‘sti juda qalin, urug‘lari yumaloq, kalta tukli. Go‘zal katalpaning yog‘ochi oq, yengil, nihoyatda pishiq, namda chirimaydi, shu sababli undan shpal va telegraf stolbalari tayyorlanadi. Katalpa juda xushmanzara daraxt o‘simlik, u istirohat bog’i va ko‘chalarga manzarali sifatida ekiladi. Shimoliy Amerikada Missisipi, Missuri, Ogayo daryolari bir-biriga qo‘shiladigan hududlarda, Tennesi va Shimoliy Arkanzas shtatlarida tarqalgan. O‘zbekistonga introduksiya qilinganiga 100 yildan oshgan. Chiroyli gullovchi manzarali daraxt bo‘lganligi sababli ko‘kalamzorlashtirishda ko‘p ekiladi.

Toshkent Botanika bog'iga Catalpa speciosa (Werd.) Engelm. turning urug’lari Batumi davlatidan F.N. Rusanov tamonidan 1949-yilda introduksiya qilish maqsadida olib kelinib ko’chatxonalarga ekilgan. Urug’lardan ekilgan nihollar 1950-yilning mart oyida unub chiqgan va yosh nihollari 1950-yilda kuz oyida Shimoliy Amerika ekispozitsiyasiga ko‘chirib o‘tkazilgan. Hozirgi vaqtda ekispozitsiyada ushbu turning 10-ta katta yoshli daraxtlari o'smoqda.


×