Buramasimon g‘arb tuyasi (Thuja plicata Donn ex D.Don) Туя складчатая
Buramasimon g‘arb tuyasi Sarvidoshlar oilasiga mansub doimiy yashil igna bargli daraxt turi. Daraxtning balandligi 45-60 (75 m gacha) metrgacha tana diametri 120-240 sm, shoxlanish piramidal yoki konussimon, gorizontal shoxlari biroz egilgan. Poʻstlogʻi yoriqsimon, tolasimon, qizgʻish jigarrang, qalinligi 1-2,5 sm. Shoxlarining yuqori tomonidagi barglari porloq yashil rangga ega, pastki qismida ular oq rangli chiziqlarga ega. Yon barglari qayiq shaklida.
Urug‘ qubbalari cho‘zinchoq-ovalsimon shaklda, uzunligi 10-12 sm, urug‘lari tekis, ikki qanotli. 1 kg da 450-1100 ming urug‘ bor. Yog‘ochi qimmatbaho ancha chidamli, duradgorlikda va qurilish ishlarida ishlatiladi.
Tabiatda turning tarqalishi Shimoliy Amerikaning shimoli-g‘arbiy qismidan Tinch okeani qirg‘oqning 40° dan 60° gacha bo‘lgan shimoliy kengliklarda tabiiy tarqalgan. Bu tuproq uchun juda oddiy, lekin nam, unumdor, chuqur, yaxshi quritilgan tuproqlarda yaxshi rivojlanadi. U botqoq yerlarda, daryo qirg‘oqlarida va dengiz yaqinida joylashgan hududlarda yaxshi o‘sadi. Tog‘larda va soyali tog‘ yon bag‘irlarda o‘sadi. Soyaga va shamolga chidamli.
Urug‘larning unib chiqishi 50-75% ni tashkil qiladi. Turning umr ko‘rish muddati 500-800 yilni tashkil etadi.
Toshkent Botanika bog‘iga Thuja plicata Donn ex D.Don turning urug‘lari Fransiya davlatidan akademik F.N. Rusanov tamonidan 1953-yilda introduksiya qilish maqsadida olib kelinib ko‘chatxonalarga ekilgan. Urug‘lardan ekilgan nihollar 1953-yilning aprel oyida unib chiqqan va yosh nihollari 1954-yilda igna bargli daraxtlar kollektsiyasiga ko‘chirib o‘tkazilgan. Hozirgi vaqtda kollektsiyada ushbu turning 5 tup katta yoshli daraxtlar o‘smoqda.