Yer yuzida tarqalgan navlari. Dunyo mamlakatlarining asosan Sharqiy va Janubiy-Sharqiy Osiyo mintaqalarida, Hindistonda, Afrikaning va Shimoliy Amerikaning mo‘tadil va subtropik mintaqalarida tut daraxtining 20 turi mavjud. Tutning ko‘p navlari Xitoyda o‘sadi. Oq tutning vatani Xitoy, shotutning vatani Eron va Afg‘oniston hisoblanadi.
Tut tez o‘sadi, qurg‘oqchilik va sovuqqa chidamli. Shox-shabbasi zich, keng yumaloq, oval va piramida shaklida. Bo‘yi 15— 18, ba’zilariniki 20—25 m, yo‘g‘onligi 1,5 m gacha. Katta yoshdagi baland tanali tut daraxtlaridan 20—40 kg gacha barg, 50—60 kg meva hosili olinadi. Tutning egri-bugri (ilono‘t) va pastga qarab o‘sadigan (majnun tut) xillari ham bor. Daraxti 300, ayrimlari 500 yil yashaydi.
Oq tut mevasi shirin, shifobaxsh, har xil vitaminlarga boy. Gullari bir jinsli. Tut urug‘idan
Tut barglari ipak qurti uchun kerakli ozuqa bo‘lgani bois, har doim qimmatli o‘simliklar qatoriga kiritilgan. Bundan tashqari, qadimdan tut daraxtidan musiqa cholg‘u asboblari, yozuv qog‘ozi ishlab chiqariladi.
Yangiligida iste’mol qilinadi, shinni, murabbo, mayiz, tayyorlanadi. Bargi tut ipak qurti boqishda ishlatiladi. Tut mevasi immun tizimni kuchaytirib, organizmni yuqumli kasalliklarga qarshi himoya tizimini mustahkamlaydi, teriga barvaqt ajin tushishidan saqlaydi, ko‘rish qobiliyatini oshirib, ko‘z to‘rpardasining zararlanishi kabi kasalliklardan asraydi.
Tut bargi va tanasining po‘stlog‘i ham turli biologik faol moddalarga boy. Bargi tarkibida flavonoidlar, vitaminlar, karotin, efir moyi, organik kislotalar, daraxt po‘stlog‘ida esa bo‘yoqli va oshlovchi moddalar, turli xildagi kislotalar mavjudligi aniqlangan. Tut to‘liq etilgan, sershira, yangi uzilgan holda yoki quritilgan (tut mayizi) holida iste’mol qilinadi. Yana tutdan turli xildagi pishiriqlar, murabbo va marmeladlar, qiyom, shinni tayyorlanadi
O‘zbekistonda tut qadimdan ekib ko‘paytiriladi. Tut ikki uyli o‘simlik. , qalamchasidan, payvand va parxish qilib ko‘paytiriladi.