Vatani Ispaniya hamda Fransiyaning janubiy qismi. Tog‘jambil Krasnodar o‘lkasida, Krimda, Ukraina (janubiy tumanlarida) va Moldova respublikalarida o‘stiriladi. Oddiy tog‘jambul gullaganida yer ustki qismi urib olinib, quritiladi va maydalab, sim g‘alvirda elanadi.
Ko'p yillik, bo‘yi 50 sm ga yetadigan yarim buta. Poyasi tik o‘suvchi, pastki qismi yogochlangan, shoxlari sertuk va to'rt qirrali. Bargi mayda bo‘lib, qisqa bandi bilan poyada qarama-qarshi o‘rnashgan. Barglari lansetsimoi yoki ellipssimon, tekis qirrali; gullari ikki labli mayda, binafshaqizil rangda, ular shoxchalar uchidagi barg ko‘ltig‘idan o‘sib chiqib, shingilsimon to‘p gulni tashkil etadi. Mevasi - kosachabarg bilan birlashgan 4 ta yongokcha. Iyun-iyul oylarida gullaydi, mevasi avgust-sentabrdayetiladi.
Efir moyi tibbiyotda dezinfeksiyalovchi va antiseptik dori sifatida og‘iz va tomoq shilliq pardalarini dezinfeksiya qilishda ishlatiladi. Yer ustki qismining suyuq ekstrakti balg‘am ko‘chiruvchi dori sifatida bronxit va ko‘kyo‘tal kasalliklarida ishlatiladigan pertussin tarkibiga kiradi. Efir moyidan yana timol olinadi. Efir moyi, timol (kapsulada), o‘simlik yer ustki qismidan tayyorlangan suyuk ekstrakti, pertussin. Efir moyi stomatologiyada ish latiladigan og‘riq qoldiruvchi suyuqligi tarkibiga kiradi. O‘simlik yer ustki qismi balg‘am ko‘chnruvchi yig‘malar - choylar tarkibiga kiradi.
O‘simlik katta maydonga ekish uchun quyosh nuri yaxshi tushadigan maydon tanlanishi kerak. Bahorda dala molalanib, tekislanadi. Yil davomida o‘simlikning bo‘yi 15-20 sm.ga yetadi va katta maydonga ko‘chirib o‘tqazish uchun tayyor holga keladi. Odatda mart-aprelda sabzavot ekiladigan uskunada gektariga 5 kg hisobiga urug‘ ekiladi. Urug‘ bir tekisda tushishi uchun unga 1/5 miqdorida qum yoki boshqa to‘ldirgich modda aralashtiriladi va 0,5 sm.gacha chuqurlikda ekiladi. Urug‘lar sepilgandan so‘ng 25-30 kunda unib chiqadi. Mavsum davomida 8-9 marta sug‘orilib, doimiy ravishda begona o‘tlardan tozalanadi.