Oddiy shuvoq Yevropaning barcha qismida, Old va Markaziy Osiyo, Shimoliy Afrika yerlarida uchraydi. Rossiyaning barcha xududlarida uchraydi.
Murakkabguldoshlar oilasi vakili. Ko‘p yillik o‘t. Poyasi to‘g‘ri. Yozda gullaydi. Balandligi 0,5-2m gacha, ba’zan 2,5m. Barglarining uzunligi 5-20sm ni tashkil etadi. Barglari yashil. Shoxlarning yuqori qismidagi barglari och yoki to‘q yashil tusda. Poyaning yuqori va pastki qismidagi barglari rang jixatidan bir-biridan farqlanadi. Poyaning yuqori qismidagi barglari oddiy va biroz maydalashgan. Gullari mayda, sariq yoki jigarrang tusda. Iyul oyidan boshlab sentabrgacha gullaydi. Mevasi doncha . Mevasi iyul-oktabr oylarida pishib yetiladi.
O‘ti va ildiz qismi xalq tabobatida epilepsiyada kechadigan gomeopatiya, tuberkulez meningitda va ayollarda kechadigan kasalliklarda ko‘llaniladi. Ildizi tarkibida inulin, shakar, shilliq moddalari, yog‘lar va 0,1% ga yaqin efir moylari uchraydi.
Urug‘lar aprekl oyida issiqxonaga ekiladi. May oyining o‘rtalaridan boshlab ularni ochiq joylarga o‘tkaziladi. Ozuqaga talabchan emas. Yorug‘ joylarda yaxshi rivojlanadi. Ko‘chatlar bir-biridan 40sm uzoqlikda ekiladi.Suvga talabchavn emas meyordan ortiq suv quyilish o‘simlikda salbiy o‘zgarishlarga sababchi bo‘ladi. Shuning uchun suvni faqat tuproq nami ketganda qo‘llash mumkin.