Osiyo, Amerika, Yevropa, Sibir va Kavkazda tarqalgan.
Ildizi qalin bo‘ladi. Poyasi 50-150 sm gacha bo‘ladi. Barglari yirik bo‘lib ovalsimon shaklda. Mevasi 4 urug‘li bo‘lib, 5-6 mm uzunlikda, ovalsimon shaklda bo‘ladi.
Sabzavotlarni marinovka qilishda, tuzlashda ishlatiladi. Bundan tashqari angina, tonzillit, tish og‘rig‘i, gastrit kasalliklarida foydalaniladi.
Vegetasiya davri 120—140 kun davom etadi. O‘simlik ekiladigan yerlarni erta kuzda 25—28 sm chuqurlikda haydab qo‘yiladi. Haydash oldidan albatta mahalliy o‘g‘itlardan gektariga 15—20 tonna va 50 kg dan superfosfat o‘g‘iti bilan oziqlantiriladi.
Dorivor ukropni ekish uchun erta bahorda yerlar borona va mola bilan tekislanadi.