Yagona aloqa raqami (+998) 55 512 14 24 Ishonch telefoni (+998) 55 514 14 24

Area

Moldova, Ukraina, Belorus, Rossiyaning Uzoq Shimol hamda Ural, quyi Volga bo‘yi cho‘l tumanlaridan tashqari, hamma yerda uchraydi. Asosan yo‘l yoqalarida, aholi yashaydigan yerlarga yaqin joylarda, o‘tloqlarda, o‘rmon chetlarida va suv bo‘ylarida o‘sadi.

Botanical description of the plant

Ko‘p yillik, bo‘yi 50-150 smga yetadigan, o‘ziga xos hidli o‘t o‘simlik. Poyasi tik o‘suvchi, sershox, tuksiz yoki bir oz tukli. Bargi oddiy, patsimon ajralgan, ustki tomoni to‘q yashil, pastki tomoni kulrang-yashil. Poyaning pastki qismidagi barglari bandli, o‘rta va yuqori qismidagilari esa bandsiz bo‘lib, poyada ketma-ket o‘rnashgan. Gullari sariq, savatchaga to‘planib, qalqonsimon to‘pgulni tashkil etadi. Mevasi - cho‘ziq pista. O‘simlik yoz bo‘yi gullaydi.

Oddiy dastarbosh

Medicinal properties

Oddiy dastarbosh guli gijja haylash uchun hamda jigar va ichak kasalliklarini davolashda ishlatiladi. Dorivor preparati. Damlama. Tanasexol preparati (gulto‘plamidan olingan flavonoidlar va fenolkarbon kislotalar yig‘indisi kukunporoshok yoki tabletka holida chiqariladi). Preparat tibbiyotda o‘t haydovchi vosita sifatida ishlatiladi. Mahsulot jigar kasalliklarida (xolesistit, gepatit va boshqalar) ishlatiladigan choy-yig‘malar va Zdrenko yig‘masi tarkibiga kiradi.

Growing technology

O‘zbekistonda tarqalgan barcha tuproqlarda yaxshi o‘sadi. Uning ildiz tizimi yaxshi taraqqiy etganligini e’tiborga olib uni eroziyaga uchraydigan tuproqlarda ekish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Tuproqni yemirishdan himoya qiladi. Oddiy dastarbosh ekiladigan yerlarni kuzda haydashdan oldin mahalliy o‘g‘it va superfosfat bilan oziqlantirib, 25-28 sm chuqurlikda haydab qo‘yiladi. Erta bahorda yerlar borona qilinib mola bilan tekislanadi va begona o‘tlarning qoldiqlaridan tozalanadi. Urug‘ erta bahorda tuproq harorati 15-17°S bo‘lganda bir chiziq bo‘ylab, qator oralari 60 sm dan qilib ekiladi. Uning urug‘lari mayda bo‘lganligi sababli bir tekis ekilishi uchun uni chirigan go‘ng yoki qumga aralashtirib ekiladi. Urug‘lar 0,5 sm chuqurlikda ekiladi. Gektar hisobiga 7-8 kg urug‘ sarflanadi. Mart oyining oxirida ekilgan urug‘lar 10-12 kunda unib chiqadi. Maysalar 3-4 ta chin barg chiqarishi bilan kultivatsiya bilan egatlar olinadi.

Har bir uyada 1-2 ta o‘simlik ko‘chati qoldirilib yagana qilinadi. Uyalar oralig‘i 10-12 sm dan kam bo‘lmasligi kerak. Oddiy dastarbosh begona o‘tlar bilan bemalol raqobatlashadi va ikkinchi yili ularni to‘liq siqib chiqaradi

×