Yagona aloqa raqami (+998) 55 512 14 24 Ishonch telefoni (+998) 55 514 14 24

Area

Rossiyaning Yevropa qismining janubiy va janubiy-garbiy tumanlarida, Ukraina, Belorus, Moldova respublikalarida xamda Zakavkazening shimoliy-g‘arbiy qismida uchraydi. Asosan o‘rmonlarda, butalar orasida va tog‘ qiyaliklarida o‘sadi. Shu respublikalarda mahsulot tayyorlanadi.

Botanical description of the plant

Kup ynllik, doim yashil, buyi 60 sm gacha bulgan ut O‘simlik. Poyasi yotib Usuvchi, shoxlangan, gul kosil kiluvchi novdalari esa tik usadi. Bargi kalin, tuksiz, ellipssimon, tuk yashil rangli, yaltirok, ut^ir uchli bulib, poyada kalta bandi bilan karama-karsh i joilashgan. Gullari tuk kuk rangga buyalgan bulib, b ar g kultigida yak k a-yak k a joilashgan. Gulkosachasi tuksiz, 5 bulakka kirkilgan, toj bargi voronkasimon, 5 bulanka kirkilgan, otaligi 5 ta, onalik tuguni 2 xonali, yukoriga joylashgan. Mevasi 2 ta bargchadan tashkil topgan. Aprel-may oylarida gullaydi.

Kichik bargli bo‘rigul

Medicinal properties

O‘simlikning dorivor preparatlari I va II bosqichdagi gipertoniya, taxikardiya, miya qon tomirlarining spazmasi va boshqa kasalliklarni davolashda ishlatiladi. Devinkan (kichik va tik o‘suvchi burigullar alkaloidlarinnng yigindisi, Vengriyada tabletka xamda ampulada eritma holida chiqariladi), vinkapan (kichik bo‘rigul alkaloidlarining yig‘indisi, Bolgariyada tabletka holida chiqariladi), vinkaton (kichik bo‘rigul alkaloidlarining yig‘indisi, Vengriyada tabletka xolida chiqariladi).

Growing technology

O‘zbekiston sharoitida yorug‘sevar, nisbatan namsevar, o‘g‘itga va tuproq unumdorligiga talabchan o‘simlikdir. Nisbatan yengil tuproqlarni ma’qul ko‘radi. Hayotining birinchi oyida begona o‘tlar bilan sust raqobat kiladi. Ko‘chat  qilib o‘tqazilganda o‘sish va rivojlanishning to‘liq davrini o‘taydi, haydab ekiladigan bir yillik ekin sifatida salqin yillari urug‘i pishishga ulgurmaydi yoki ularning hosildorligi pasayib ketadi. Baxorda, o‘tgan yilgi haydalmagan ekinzorlarda to‘kilib qolgan urug‘larning yalpi unib chiqishi kuzatiladi. Xom-ashyo (barg) olish uchun o‘simlikning urug‘i ochiq maydonga ekiladi. Shuni nazarda tutish kerakki, uning nihollari may oyining dastlabki kunlari unib chiqadi, xayotining birinchi oyi mobaynida nihollar sust rivojlanadi. Shuning uchun begona o‘tlardan yaxshilab tozalangan maydonlarga ekish zarur. Bir yillik ekinlardan bo‘shagan maydonlar bu o‘simlik uchun juda maqbuldir.

Tuproqning hosildorlik darajasiga bog‘liq ravishda kuzgi shudgor vaqtida gektariga 80 tonnadan 100 tonnagacha go‘ng va 80 kg.dan 150 kg.gacha fosfor solinadi. Yer 25 sm.gacha chuqurlikda xaydaladi.

Baxorda begona o‘tlarni yo‘qotish uchun 20 kun oralatib ikki marta chizellanadi va ekinzor tekislanadi. Urug‘ aprelning o‘n kunligida, yaxshi ishlov berilgan, mayin qumoq tuproqqa sabzavot ekkich uskunada qator oralari 50 sm.dan qilib ekiladi. Har gek¬tar yerga 4-5 kg urug‘ sarflanadi, urug‘ 0,5 sm chuqurga ekiladi. Bir tekis ekish uchun urug‘ qadash oldidan 1/100  nisbatda qum yoki chirigan-kukunsimon go‘ng aralashtiriladi. Bir yo‘la sug‘orish egatlari olish uchun ekish uskunasiga okuchnik tirkaladi. Ekish uchun mayda egatlar olinadi.

×