Yovvoyi xolda Shimoliy Afrikada, Yevropaning barcha qismida, Kichik va Markaziy Osiyoda, Avstraliya va Yangi Zellandiyada uchraydi. Rossiyaning Yevropa qismi, Kavkaz va G‘arbiy Sibirda uchraydi. U o‘rmon kamarida va dasht zonasida toshqin o‘tloqlarda, boy, ba’zan biroz ishqorli tuproqlarda butalar orasida o‘sadi.
Ikki uyli, ko‘p yillik o‘tsimon o‘smilik. Sparja shu turkumga mansub, Asparagaceae oilasiga kiradi. Ildiz tizimi yaxshi rivojlangan, ildizpoyasi mustaxkam gorizontal, undan kichik ildizlar rivojlanadi. Poyasi balandligi 30-150smgacha yetadi, yalong‘och, silliq, to‘g‘ri. Gullari oqish-sarg‘ish . May-iyun oylarida gullaydi. Mevasi sharsimon, qizil, rezavor meva. Mevasi avgustda pishib yetiladi.
Eksperimentlar o‘tkazish natijasida asparagin yoki sparja ekstraktini qon tomirlarga yuborilganda arterial qon bosimni tushishi aniqlangan. Sparja xloridlar , fosfatlar va mochevinani organizmdan chiqib ketishiga xizmat qiladi. Shuning uchun u buyrak, yurak, revmatizm, podagra, surunkali va o‘tkir buyrak yetishmovchiligadagi nefritlarda, siydik pufagi kasalliklarida yaxshi samara beradi. Yosh shoxlaridan olingan essensiyasi gomeopatiyada qo‘llaniladi. Xalq tabobatida ildizi va yer ustki qismini yurak kasalliklarida, jigar, sistit, siydik o‘t tosh kasalliklarida, shishlarda, epilepsiya, revmatizmda, allergiyalarda, mevasi-impotensiya, dizenteriyalarda yaxshi samara beradi.
Dorivor sarsabil o‘simligi yorug‘, quyoshli, begona o‘tlardan xoli, unumdor tuproqlarda yaxshi rivojlanadi. Urug‘laridan yoki poyasini bo‘lib ko‘paytiriladi. Urug‘laridan sekin rivojlangani uchun bu usulni ko‘pchilik bog‘bonlar qo‘llamaydi. Buning uchun urug‘lar ikki kun davomida issiq suvda o‘sish gormonlari qo‘shilgan xolda qoldiriladi. Urug‘larni olib tuproq aralashmasiga(tuproq, qum, go‘ng va torf 2:1:1:1) qo‘shiladi. Ustidan yengilgina qora tuproqdan sepiladi 1sm qalinlikda. Urug‘larni rivojlanishi uchun tuproq xarorati +25...,+27 Sni tashkil etadi. Urug‘lar sekin rivojlanadi. Eng uzoq muddat 6 oyni tashkil etadi, agar siz urug‘ ekish jarayonini to‘g‘ri amalga oshirgan bo‘lsangiz sekin asta maysalarni rivojlanishini guvoxi bo‘lasiz. Ko‘chatlarni boshqa joyga ko‘chirib o‘tkazish iyun oyidan ilgari amalga oshirlmaydi. Ular o‘sib rivojlangach ko‘chirib o‘tkazish jarayonini baxor, xatto kuz oylarida amalga oshirish mumkin. Poyasi bo‘lib ko‘paytirlganda o‘simlik tez rivojlanadi.