Dorivor gulxayri ariq yoqalarida, ko‘l bo‘ylarida, o‘tloq, to‘qay, butalarorasida va boshqa nam yerlarda o‘sadi. Markaziy Osiyo hududida joylashgan Zaysan pastliklarida, Qozog‘iston mayda qumligida, To‘rg‘ay va Olako‘l botig‘ida, Balxash oldi dashtla-rida, Mo‘yinqumda, Qoratog‘ningoldi va orqa pas ttekisliklarida, Farg‘ona vodiy -sida, Toshkent oldi cho‘lida, Zarafsho ndaryo-si bo‘ylarida, Jung‘urAlatouda, Tyan-Shan-da (Chu-Iliytog‘i, Iliyoldi Alatau, Kun-gey Alatau, Ketmentau, qirg‘izAlatau, Ta -lassAlatau, Karatau) Pomir-Oloyda (Tur -kiston, Zarafshon, Hisor to g‘tizmalari-da, Janubiy Tojikiston tog‘oldi tekislik-larida), Kopetdog‘da, Badxizdatarqalgan. Tibbiyotda Althaea offi cinalisning asosan ildizi tabiiy dorivorpreparatsifatidako‘pqo‘llaniladi. Bupreparatbalg‘amko‘chiruvchihamdayallig‘lanishgaqarshivositadir, ayniqsabolalardauchraydigannafasyo‘llarikasalliklarinidavolashdayaxshisamaraberadi.
Malvaceae oilasiga mansub ko‘p yillik o‘t. Poyasi tik o‘suvchi, oddiy yoki kam shoxlangan, mayin yulduzsimon tukli, balandligi 70-150 sm. Barglari tuxumsimon, pastki qismi odatda uchburchak-yuraksimon shakliga ega, chetki qismi tartibsiz kungurali-tishsimon, ba’zida bir oz 3-5 bo‘lakli, zich mayin tukli, kul rang-yashil, bandli, yuqori barglari qisqa bandli. Gullar barglar qo‘ltig‘ida tutam bo‘lib joylashgan, juda qisqa gulbandli, zich mayin tukli. Ostki kosacha Gulyonbarglari (8)-9-(10) qo‘shilib o‘sgan, tuxumsimon cho‘zilgan, zich mayin tukli, uchli bargchalardan tashkil topgan, kosachabarglarga nisbatan qisqaroq. Kosachabarglari tuxumsimon, tepaga qarab uzayib uchli, zich mayin tukli, pastki qismida qo‘shilib o‘sgan. Gultojibarglari och yoki yorqin pushti, ba’zan oq tusli, kosachaga qaraganda 1,5-2 baravar uzunroq, gultojibarglar uchburchak-teskari yuraksimon. Urug‘lari orqa tomonda silliq yoki juda oz burishgan, yulduzsimon-mayin tukli, chetki qismida tumtoq, soni 15-18.
Iyun-avgust oylarida gullaydi, iyul-sentyabr oylarida mevalaydi.
Bargidan va urug‘laridan tayyorlangan damlama bilan yo‘tal, qon tupurish, zotiljam va buyrak kasalliklarini davolashda, gulxayri ildizi asosida tayyorlangan dori-darmonlarni ko‘krakni yumshatuvchi, balg‘am ko‘chiruvchi omil sifatida foydalaniladi. Gulxayri ildizi bu shilimshiqsimon sovuq suvda damlama shaklida, quruq ekstrakt, sirop, yo‘talga qarshi to‘plam sifatida ishlatiladi. Dorivor gulxayri o‘simligining yer ustki qismidan ajratib olingan uglevodlar aralashmasidan «Mukaltin» nomli dorivor preparat olinadi.
Gulxayri ildizlari va ildizpoyalari bahorgi o‘sishidan oldin aprelda – may oyining birinchi yarmida yoki kuzda (sentabr-oktabrda) o‘simlikning yer usti qismi noud bo‘lgandan keyin yig‘iladi.
Gulxayri urug‘lar, kamdan-kam vegetativ va ko‘chatlar bilan ko‘payadi. Gulxayri urug‘ini ekish erta bahorda yoki kech kuzda amalga oshiriladi.
Gulxayri ildizlari va yer ustki qismi vegetatsiya davrining ikkinchi va uchinchi yillarida yig‘ib olinadi. Ildizlari erta bahorda yoki kuzda yig‘iladi.
Yer ustki qismini vegetatsiyasining ikkinchi yilida amalga oshiriladi. Tuproq yuzasidan 20-30 sm balandlikda o‘rilgan o‘tlarni uyumlarda, keyin soyabon ostida quritiladi, qalinligi 50 sm dan oshmaydigan qatlamga yoyiladi.