O‘rta yer dengizi mamlakatlari, Kanar orollarining qurg‘oqchil sharoitida ham o‘sadi.
Artishok o‘simligining bargini birinchi o‘rimi 70-80 sm.ga yetganda iyun oyi oxiri avgust oyi boshlarida, ikkinchi o‘rimi esa kech kuzda amalga oshiriladi.
Artishok O‘zbekiston uchun noan’anaviy, qimmatbaxo o‘simlik bo‘lib, farmasevtika, oziq-ovqat sanoatida xom-ashyo sifatida foydalaniladi. Artishok o‘simligining bargida flavonoidli glikozidlar – sinarozid, skolimozid va sinarotrizid; fenolkarbon (kofe, xlorogen, neoxlorogen, 4-o-kofesil-kofeil-D-xinnin) kislotalar mavjud. O‘simlik yer ustki qismi tarkibidan glitserin kislotasi va polisaxarid inulin topilgan. Gulo‘rni tarkibida oqsil moddalari, uglevodlar, karotin, inulin, katta miqdorda vitaminlar – tiamin, riboflamin, askorbin kislotalari mavjud. Artishok o‘simligidan jigar, buyrak kasalliklarini davolashda ishlatiladigan preparatlar tayyorlanadi. Qandli diabed kasalligini davolashda foydalaniladi.
Asosiy shudgor noyabr oyida 25 sm.gacha chuqurlikda o‘tkaziladi. Makkajo‘xori ekadigan “SON” agregati yordamida 40x40 sxemada qatorlab ekiladi. Ekish uchun ma’qul vaqt kuzda oktabr-noyabr, bahorda mart-aprel oylari hisoblanadi. Gektariga qo‘lda uyalab ekilsa 6 kg, texnika yordamida 8 kg hisobida urug‘ 3-4 sm chuqurlikda ekiladi. Chopiq traktori yordamida yil davomida 3 marta (mart oyining o‘rtasi va iyun oyida) chopiq qilinadi. Ikkinchi yildan umuman chopiqqa hojat yo‘q, chunki to‘pbarglari o‘z atrofini o‘rab begona o‘simlik o‘sishiga yo‘l qo‘ymaydi. Bir vegetatsiya davomida gektar hisobiga 100 kg azotli, 70 kg fosforli va 30 kg kaliyli o‘g‘itlar solinadi. Artishokning yer ustki qismidan birinchi yili gektar hisobiga 700-800 sentner, keyingi yillarda 1500-1700 sentner xo‘l massa olish mumkin. Hosildorlik 7-8 yili kamayadi. Artishok ekilgan maydondan 10 yilgacha hosil olish mumkin.