Yagona aloqa raqami (+998) 55 512 14 24 Ishonch telefoni (+998) 55 514 14 24

Area

Oddiy shuvoq Yevropaning barcha qismida, Old va Markaziy Osiyo, Shimoliy Afrika yerlarida uchraydi. Rossiyaning barcha xududlarida uchraydi.

Botanical description of the plant

Murakkabguldoshlar  oilasi  vakili. Ko‘p yillik o‘t. Poyasi to‘g‘ri. Yozda gullaydi.  Balandligi  0,5-2m gacha, ba’zan  2,5m. Barglarining uzunligi 5-20sm ni tashkil etadi. Barglari yashil. Shoxlarning yuqori qismidagi barglari  och yoki to‘q yashil tusda. Poyaning yuqori va pastki qismidagi barglari  rang jixatidan bir-biridan  farqlanadi. Poyaning yuqori qismidagi barglari   oddiy va biroz maydalashgan.  Gullari mayda, sariq yoki jigarrang tusda. Iyul oyidan boshlab  sentabrgacha gullaydi. Mevasi  doncha . Mevasi  iyul-oktabr oylarida pishib yetiladi.     

Oddiy shuvoq

Medicinal properties

O‘ti va ildiz qismi xalq tabobatida  epilepsiyada kechadigan gomeopatiya, tuberkulez meningitda va  ayollarda kechadigan kasalliklarda   ko‘llaniladi.  Ildizi tarkibida inulin, shakar, shilliq moddalari, yog‘lar va 0,1% ga yaqin  efir moylari uchraydi. 

Growing technology

Urug‘lar aprekl oyida issiqxonaga  ekiladi.  May oyining o‘rtalaridan   boshlab   ularni ochiq joylarga o‘tkaziladi.  Ozuqaga talabchan emas.  Yorug‘ joylarda yaxshi rivojlanadi. Ko‘chatlar bir-biridan 40sm uzoqlikda ekiladi.Suvga talabchavn emas meyordan ortiq suv quyilish o‘simlikda salbiy o‘zgarishlarga sababchi bo‘ladi. Shuning uchun suvni faqat tuproq nami ketganda  qo‘llash mumkin. 

×