Yevropa, Shimoliy Afrika, G‘arbiy va O‘rta Osiyo o‘lkalarida uchraydi. Rossiyaning yevropa qismida, Sibir, Uzoq Sharq va Kamchatkada.
O‘tloq sebargasi ko‘p yillik, barglari ovalsimon. Dukkakdoshlar oilasiga mansub o‘simlik. Bo‘yi 15-60smgacha yetadigan , o‘simlik. Sebarga may oyidan sentabr oyigacha gullaydi. Mevasi bir urug‘li dukkagi tuxumsimon.
Buyrak kasalliklarida siydik haydovchi. Bosh og‘riqlarida og‘riq qoldiruvchi, yiringli yaralarda bitkazuvchi sifatida antiseptik, o‘pka yallig‘lanishida, bronxitda va shamollash kasalliklarida bal-g‘am ko‘chiruvchi, qon kamligida, qon tomir-larni mustaxkamlov-chi va moddalar alma-shinuvida ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Yerni 30sm chuqurlikda haydaladi. Sebarga ekiladigan maydon begona o‘tlardan xoli bo‘lishi kerak. Sebarga sekin rivojlanadi maysalar rivojlangunicha yer yuzini begona o‘tlar egallab olishi mumkin shuning uchun ularni doimiy ravishda tozalab turish kerak. O‘g‘it sifatida asosan mineral o‘g‘itlar azot ,fosfor va kaliydan foydalaniladi. Fosfor-kaliyli o‘g‘itlar urug‘ sepish davrida va kuzda qo‘llaniladi. Xosil birinchi yili yuqori bo‘ladi, keyingi yillari xosil miqdori pasayishi kuzatiladi. Urug‘larni ekishdan oldin rizotorfin yoki nitrogin bilan ishlov beriladi. Bu moddalar ildiz tizimida tugunak bakteriyalarning tez rivojlanishiga yordam beradi bu esa xosilning yuqori bo‘lishiga olib keladi. Urug‘ni sepish maxsus don sepish seyalkalarida amalga oshiriladi. Urug‘ sepish me’yori 15-16kg/ga. Urug‘larni 2-3sm chuqurlikda ekiladi.