G‘arbiy Yevropa-Germaniya, Italiya, Fransiya, Belgiya, Shveysariya, Avstriya, Vengriya, Polo‘a Bolgariya, Ruminiya maydonlarida uchraydi. U o‘tloqlarda, o‘tloqi dashtlarda, o‘rmonlarning chekkalarida, butalar va yengil o‘rmonlarda, ko‘pincha daryo vodiylari bo‘ylab, toshlarda, o‘rmonlarda o‘sadi.
Ko‘p yillik, veronika turkumiga mansub, Zubturumdoshlar oilasiga kiradi. Ildizi sudraluvchi, yakka yoki 2-3 ildizlarga bo‘lingan, to‘g‘ri uzunligi 15-70(100smgacha)sm, yenli yo‘g‘on. Barglari butun, tuxumsimon yoki uzunchoq tuxumsimon, uzunligi 3-5,5sm, eni 1,5-2,5sm. Gullari 6-15smgacha. Urug‘lari 1,5mm. Qiyg‘os gullaydi. May oyidan iyun oyining boshlarigacha gullash davom etadi.
O‘simlik sovuqqa chidamli. Qishda o‘rab qo‘yish shart emas. Quyoshli yorug‘ joylarda yaxshi o‘sib gullaydi,lekin yarim soya joylarda xam o‘saveradi. Tuproqqa talabchan emas. Lekin unumdor tuproqlarda yaxshi o‘sadi. Suvsizlikka chidamli. Meyoridan ortiq namlik o‘simlikni o‘sib rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.