Yagona aloqa raqami (+998) 55 512 14 24 Ishonch telefoni (+998) 55 514 14 24

Botanical description of the plant

Dorivor moychechak Аstradoshlar -Asteraceae oilasiga kiradi.
Dorivor moychechak boʼyi 15-40 sm ga yetadigan bir yillik oʼt oʼsimlik. Poyasi tik oʼsuvchi, sershox, ichi kovak. Bargi ikki marta patsimon ajralgan, segmentlari ingichka chiziqsimon, oʼtkir uchli. Poya va shoxchalari uzun bandli (yashil moychechakniki kalta bandli) savatchaga toʼplangan gullar bilan tamomlanadi. Savatcha chetidagi gullari oq, tilsimon, oʼrtadagilari esa ikki jinsli, sariq, naychasimon. Mevasi - qoʼngʼir-yashil pista.
May oyidan boshlab kuzgacha gullaydi.

Dorivor moychechak

Growing technology

Nihollarni biologik xususiyatlari: moychechak urugʼlarini unishi 6-7°S dan boshlansa-da, optimal harorat 20-25°S hisoblanadi. Аgar urugʼlar ekilgandan soʼng namlik yetarli boʼlmasa, urugʼlar uzoq vaqtgacha unmasligi mumkin. Bu vaqtda urugʼ ekilgan maydonlar sugʼoriladi.
Nihollar unib chiqqandan soʼng (namlik va havoning harorati normal darajada boʼlganda) 20-40 kunda har bir niholda 6-10 tadan rozetka barglari oʼsib chiqadi. Kuzda ekilgan nihollar shu holda qishlaydi.
Erta bahorda ekilgan nihollardan aprelь oyining birinchi oʼn kunligida 7-9 tadan rozetka barglari oʼsib chiqadi. Mart-aprelь oyi davrida bahorning sel yomgʼir kelishi natijasida rozetka barglari tez oʼsishi va yiriklashishi natijasida oʼsimlik oʼrtasida poyani oʼsib chiqishi va shoxlanishi kuzatiladi. Oʼsimlikning namlik bilan yaxshi taʼminlab borilsa, havo haroratining koʼtarilib borishi natijasida may oyining birinchi oʼn kunligida dastlabki gullar ochiladi. Umuman olganda bahorda ekilgan urugʼlardan 30-50 kunda dastlabki gullarni ochilishini koʼramiz. Kuzatishlar shuni koʼrsatdiki, oʼsimlik poyalarida endigina paydo boʼlgan gunchalardan 10-12 kunda gullar ochilishi mumkin. Shubhasiz bunga havoning harorati, tuproq namligi va tuproqdagi oziqa elementlar muhim rolь oʼynaydi. Kunlarning issiqligi va tuproq namligiga qarab, oʼsimlikdagi bitta savatcha 5-6 kun ochilib turishi mumkin. Havoning harorati oʼrtacha 19-21°S boʼlganda gullarni yaxshi ochilishi kuzatilgan. Haroratning 30°S dan ortishi gullarning ochilishiga salbiy taʼsir etishi bilan birga ularning maydalashishiga olib keladi. Gullarni ochilishida yorugʼlik ham muhim ahamiyatga ega. Havoning bulutsiz ochiq boʼlib turishi gullarni tez ochilishiga yordam beradi. Oʼstirish usullari. Moychechak yorugʼ sevar, nam sevar va uni unumdor yerlarda oʼstirish maqsadga muvofiqdir. Shu sababli avvalo urugʼlarni sepishdan oldin har gektar yerga 20-25 tonnadan mahalliy oʼgʼit (goʼng) va superfosfat solib, tuproq 25-30 sm chuqurlikda haydaladi. Oʼsimlik oʼsishi va rivojlanishi uchun tuproqda mineral moddalar yetarli boʼlishi kerak. Moychechak oʼsimligini 2-3 yil ekib, soʼng oʼrniga boshqa dorivor yoki qishloq xoʼjalik oʼsimliklarini ekish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Аks holda yil sayin hosildorlik pasayib borishi mumkin. Moychechak bahorgi-yozgi oʼsimlik boʼlgani sababli, iyulь va avgust oylarida undan boʼshagan maydonlarga kechki ekinlar ekib ulardan qoʼshimcha hosil olish ham mumkin. Moychechak ekiladigan maydonlar iloji boricha yorugʼlik yaxshi tushadigan, daraxtzorlar boʼlmagan va unumdor tuproq boʼlgani maʼqul.
Nihollar oʼsish davrida begona oʼtlarni koʼpayib ketishini hisobga olgan holda 4-6 sm chuqurlikda kulьtivatsiya oʼtkazilishi, begona oʼtlarni yoʼqolishiga sabab boʼladi. Oʼsimlikni yigʼishtirib olgandan keyin ham tezlik bilan shudgor qilinishi, shu maydonlarni begona oʼtlardan tozalanishiga, oʼsimlik qoldiqlarini tuproq ostida chirishiga yordam beradi.

×