Moldova, Ukraina, Belorus, Rossiyaning Yevropa qnsmnning o‘rmon va o‘rmon-cho‘l hududlarida, Shimoliy Qozog‘istonda, Kavkaz, G‘arbiy Tyan-Shanda va Sibirdagi aralash o‘rmonlarda o‘sadi. Ba’zan bu yerlarda qayin o‘rmonlar hosil qiladi.
Oq qayin - Betula pendula Roth. - Betulaceae oilasiga kiradi. Oq po‘stloqli, bo‘yi 10- 20 m ga yetadigan daraxt. Shoxlari osilgan, novdalari (bir yoshdagilari) qizil-qo‘ng‘ir rangda. Bargi oddiy, uchburchak, romb shaklida yoki yuraksnmon, O‘tkir uchli, qirrasi qo‘sh tishli bo‘lib, poyada bandi bilan ketma-ket o‘rnashgan. Shoxchalari va barglari xushbo‘y hidli, bezlar yoki so‘galchalar bilan koplangan. Gullari bir jinsli, kuchalaga to‘plangan. Mevasi - yong‘oklar. Apryel -mayoylarida gullaydi. Mevasi avgustda pishadi.
Qayin daraxti kurtagi va bargining preparatlari siydik haydovchi dori sifatida qo‘llaniladi. Bundan tashqari, barg avitaminoz kasalliklarida, kurtak preparatlari esa o‘t haydovchi vosita sif atida (xolesistit va boshka kasalliklarda) ishlatiladi. Qayin bargi buyrakning nefroz va nefrit kasalliklarni davolash uchun tavsiya etilgan. Daraxtning katroni - qora moyi yaralarni davolash uchun qo‘llaniladigan Vishnevskiy suyuq surtmasi, qo‘tir va boshqa teri kasalliklarini davolashda ishlatiladigan Vilkinson surtmasi tarkibiga kiradi. Faollashtirilgan kumiri - karbolen korin dam bo‘lganda xamda kolit, me’da shirasining kislotasi kupaygan xollarda va zaxarlar bilan zaxarlanganda qo‘llaniladi. Qayin daraxti shirasi o‘pka kasalliklari (bronxit, o'pka sili)ni davolashda ishlatiladi.