Yagona aloqa raqami (+998) 55 512 14 24 Ishonch telefoni (+998) 55 514 14 24

Area

Ukraina, Belarus, Moldova, Boltiq bo‘yida, Rossiyada, Kavkaz, O‘rta Osiyoda kengtarqal-gan bo‘lib, nam o‘tloqlarda, botqoqliklarda, ariq bo‘ylarida, begona o‘t snfatida ekinlar orasida va boshqa yerlarda o‘sadi.

Botanical description of the plant

Uch bo‘lakli chereda (ittakanak) - Bidens tripartita L.. astradoshlar -Asteraceae oilasiga kiradi.   Bir yillik, bo‘yi 15-60 (ba’zan 100) sm ga yetadigan o‘t o‘simlik. Poyasi tik o‘suvchi, tuksiz yoki siyrak tukli bo‘lib, asos kismidan boshlab qarama-qarshi shoxlangan. Bargi oddiy, uch bo‘lakka chuqur qirqilgan, bo‘lakchalari lansetsimon, arrasimon-tishsimon qirrali, qanotsimon kalta bandi bilan poyada qarama-qarshi o‘rnashgan. Gullari savatchaga to‘plangan. Mevasi - cho‘zik, teskari tuxumsimon shaklda. Iyundan sentabr oylarigacha gullaydi, mevasi sentabr oxirlarida yetiladi.

Uch bo‘lakli chereda

Medicinal properties

Mahsulot tarkibida 28,3-61,26 mg% karotin, 748-953,3 mg% vitamin S, 0,16-0,18% efir moyi, 3,55% gacha polifenollar, 3% gacha polisaxaridlar, flavonoidlar (lyuteolin va uning glyukozndlari - sinarozid va boshqalar), kumarinlar, 4,3-6,8% oshlovchi, shillik, achchiq va boshqa moddalar bo‘ladi. Xalq tabobatida mahsulotdan tayyorlangan preparatlar shirincha va bolalarda uchraydigan ba’zi diatez kasalliklarida ishlatiladi. Qorakiz (ittikanak) o‘simligi preparatlari tibbiyotda podagra kasalligini davolash uchun hamda siydik haydovchi va ter xaydovchi, ovkat hazm kilish jarayonini yaxshilovchi dori sifatida ko‘llaniladi. Shuningdek, mahsulotdan ba’zi teri kasalliklari (ekzema va boshqalar) hamda bolalarning diatez kasalliklarnda ishlatiladigan shifobaxsh vannalar tayyorlashda foydalaniladi. Dorivor preparatlari damlama, kaynatma shaklda foydalaniladi.

Growing technology

Uch bo‘lakli chereda (ittakanak) o‘simligi  suvga talabchan  shuning uchun uni tuproq nami yetarli yerlarga ekish tavsiya etiladi. Urug‘ sepish kech kuz yoki erta baxorda amalga oshiriladi. Baxorgi ekishda urug‘lar  stratifikatsiya qilinadi. Bunda urug‘larni 2 barobar ko‘p nam tuproqqa aralashtirib 0 °C  da 2-3 oy davomida  saqlanadi. Urug‘lar sepilishidan 1 kun avval tuproqqa albatta organik va kaliyli o‘g‘itlar solinadi. Qator oralari 45-60 sm qilib olinadi. Chuqurligi esa 1,5-2sm ni tashkil etadi. Urug‘ sepilgandan 2 xafta o‘tgach maysalar ko‘rina boshlaydi bunda begona o‘tlarni vaqtida yo‘qotish katta axamiyatga ega. Ular o‘simlikning sekin rivojlanishiga sababchi bo‘ladi. Urug‘dan chiqqan maysalarningn dastlabki 2 oy davomida rivojlanishi sekin kechadi. Bu davrda  tuproq suvsizlanmasligini nazoratga olish kerak. Keyinchalik sug‘orish 2 xaftada bir amalga oshiriladi.

×