Qushtaron oʼk ildizli, boʼyi 30 sm gacha boʼlgan oʼsimlik. Poyasi yoyilib oʼsuvchi, shoxlangan. Bargi mayda choʼziq, lantsetsimon toʼmtoq uchli, tekis qirrali, poyada bandi bilan ketma ket oʼrnashgan, poyaning boʼgʼimlarida oʼrab turuvchi koʼshimcha pardalari bor. Gullari yashil 1-5 tadan barg koʼltigʼida joylashgan. Gulqoʼrgʼoni oddiy. Mevasi uch bargli yongʼoqcha shaklda.
Oʼsimlik ekilgan dalalardan foydalanish 3-4 yil. Oʼsimlikni parvarish qilish oʼsimlikda chinbarglar hosil boʼlgandan keyin ularni tuproqqa qoʼshilib ketmasligi uchun ehtiyotkorlik bilan kultivatsiya qilib yer yumshatiladi. Begona oʼtlardan tozalanadi va yagana kilinadi. Vegetatsiya davomida oʼsimlikning rivojlanishini e'tiborga olib ikki marta gektar hisobiga oʼrtacha 90 kg azot, 40 kg fosfor va 40 kg kaliy oʼgʼiti bilan oziqlantiriladi. Ikkinchi va keyingi yillarda xam shonalash davrida kultivatorlar yordamida ikki marta mineral oʼgʼitlar bilan oziqlantiriladi. Oziqlantirish sugʼorishdan oldin amalga oshiriladi. Mavsum davomida harorat va namgarchilikni hisobga olgan holda 10 - 12 marta sugʼoriladi va tuproqni yumshatish va begona oʼtlardan yoʼqotish uchun 4 - 5 marta kultivatsiya qilinadi.