The site is running testing mode

Yagona aloqa raqami (+998) 71 2000036; Ishonch telefoni (+998) 71 2335623

“Hashar Week” ijtimoiy loyihasi hamda Toshkent Botanika bogʼi hamkorlikda maktab oʼquvchilari uchun “Saralang va oʼrganing” taʼlim loyihasi

“Hashar Week” ijtimoiy loyihasi hamda Oʼzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika instituti huzuridagi akademik F.N. Rusanov nomidagi Toshkent Botanika bogʼi hamkorlikda 5 iyun — Xalqaro atrof-muhitni muhofaza qilish kuniga bagʼishlab, Sergeli tumanida maktab oʼquvchilari uchun “Saralang va oʼrganing” taʼlim loyihasi ijrosini boshladi. Mazkur ijtimoiy loyihada Toshkent Botanika bogʼi ilmiy xodimi I.N. Samadov bolalarga atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiatga oqilona munosabatda boʼlish, oʼsimliklar olamini asrab-avaylash hamda Toshkent Botanika bogʼi kollektsiyasida mavjud, yurtimizni koʼkalamzorlashtirish, obodonlashtirishda foydalanilib kelinayotgan yuqori manzarali daraxt, buta va ignabargli oʼsimliklarning botanik tavsifi, tarqalishi hamda koʼpaytirish va ekish boʼyicha tavsiyalar berdi. Bolajonlarda atrof-muhitni asrash koʼnikmalarini rivojlantirish maqsadida olingan maʼlumotlari asosida ular tomonidan ushbu daraxtlarning fotosuratlari chizildi.

 


×