Yagona aloqa raqami (+998) 55 512 14 24 Ishonch telefoni (+998) 55 514 14 24

Yapon bexisi

Yapon behisi (Chaenomeles japonica (Thunb.)Lindl. Et Spach.) Айва японская

 Yapon behisi (Chaenomeles japonica (Thunb.)Lindl. Et Spach.) Balandligi 2 metr keladigan buta hisoblanadi, 3-4 yoshdan boshlab aprel oyida gullay boshlaydi. Sekin o'sadi, sovuqqa chidamli buta. Tuproq unumdorlik hussusiyatiga ega bo'lishi kerak. Ochiq joy, quyoshli maydonda yaxshi o'sadi. Qurg'oqchilikka chidamli. Kam sho'rlangan tuproqda ham o'saveradi, tutun va gazga chidamli. Butani kesish yo'li bilan har xil shakllar hosil qilish mumkin. O'simliklarni yozda gullash davri tamom bo'lgandan so'ng kesiladi. Gullash davrida xushmanzara ko'rinishga ega. Mevasi xushbo'y hidli, sariq-tillasimon rangda. Mevasi C vitaminiga boy hisoblanadi. Respublikamizning barcha viloyatlarida manzarali o'simlik sifatida ishlatilishi mumkin, kuchli sho'rlangan tuproqlar bundan mustasno. Gullash davrida manzarali ko'rinish hosil qiladi. Shaharlarni ko'kalamzorlashtirishda guruh-guruh holida yoki yakka holida, jonli devorlarda va bordyurlarda ekish tavsiya etiladi. Landshaft qurilishida istiqbolli o'simlik hisoblanadi.

Toshkent Botanika bog'iga Chaenomeles japonica (Thunb.) Lindl. et Spach. turning urug’lari Yalta davlatidan F.N. Rusanov tamonidan 1953-yilda introduksiya qilish maqsadida olib kelinib ko’chatxonalarga ekilgan. Urug’lardan ekilgan nihollar 1953-yilning mart oyida unub chiqgan va yosh nihollari 1959-yilda ignabargli o’simliklar kolleksiyasiga ko‘chirib o‘tkazilgan. Hozirgi vaqtda kolleksiyada ushbu turning 2 -ta katta yoshli daraxtlari o'smoqda.


×