Xushbo’y kalina (Viburnum fragrans Bunge.) Калина пахучая.
Xushbo’y kalinaning vatani Xitoyning shimoliy hududlari hisoblanadi. Bu buta qishga chidamli o’simlik boʼlib, respublikamizning quruq-issiq iqlimiga yaxshi moslashgan. Xushbo’y kalina barg chiqarmasdan oldin oq va pushti rangda gullaydi, gullash vaqtida ajoyib yoqimli hid taratadi. Uning yoqimli hidi 50 metr masofadan seziladi. Hidi nafaqat insonlarni balki, hasharotlarni ham oʼziga jalb qiladi. Gullash davomiyligi 25-30 kun. Boʼyi 2,5-3metrgacha, soyaga bardoshli va namlikni xush koʼruvchi buta. Yoz boʼyi yashil rangda turuvchi barglari kuz faslida qizgʼish tusga kirib ajoyib manzara kasb etadi. Kuzning sovuq kunlarida barg tashlaydi. Tuproqqa talabchan emas. Kesish yaʼni shakl berishga chidamli, oʼzini tiklash xususiyati yuqori. Kam hollarda urugʼidan, koʼproq qalamchalaridan va parxish qilish yoʼli bilan koʼpaytiriladi. Chunki Oʼzbekiston sharoitida bahorgi qor va yomgʼir tufayli urug’ yo’qoladi. Qalamchadan koʼpaytirish samarali boʼlib, bir yillik novdalar tanlab olinadi va qalamchalar tayyorlanadi. Stimulyatorlar yordamida qisqa muddatda ildiz olib, koʼchat holatiga keladi. Yakka holda va guruh holatida ekish mumkin.
Toshkent Botanika bog‘iga Viburnum fragrans Bunge. turning urug‘lari Polsha davlatidan akademik F.N. Rusanov tamonidan 23.08.1960 -yilda introduksiya qilish maqsadida olib kelinib ko‘chatxonalarga ekilgan. Urug‘lardan ekilgan nihollar 1961-yilning mart oyida unub chiqgan va yosh nihollari 1963-yilda Sharqiy Osiyo ekspozitsiyasiga ko‘chirib o‘tkazilgan. Hozirgi vaqtda ekspozitsiyada ushbu turning 2 -ta butalar o‘smoqda.