Yagona aloqa raqami (+998) 55 512 14 24 Ishonch telefoni (+998) 55 514 14 24

Tikonli qoraqarag'ay

 Tikonli qoraqarag’ay (Picea pungens Engelm.) Ель голубая, колючая.

 Tikonli qoraqarag‘ay (Picea pungens) Katta daraxt bo‘lib, bo‘yi 30-35 m ga, diametri 1-1,5 ga yetadi. Shox-shabbasi konus yoki piramida shaklida, po‘stlog‘i yupqa, to‘q qo‘ng‘ir rangda, tarkibida oshlovchi moddalar bor. Novdalari och sarg‘ish rangda. Daraxt doira shaklida shoxlanadi, shoxlari yoyilib o‘sadi. Qubbasi tuxumsimon, yumaloq shaklda, uchi to‘mtoq, ninabarglari yirik, bo‘yi 2-4 sm, 4 qirrali, chiziqli, o‘tkir uchli, biroz egik shaklda bo‘lib, zangori yashil rangda. Barglarining yuqorigi qirralarida yoriqchalar (3-6 ta) bor. Barglar novdada spiral shaklda joylashadi. Shox-shabbasining ichki qismidagi barglar to‘q yashil rangda. Bu qarag‘ay bir uyli o‘simlik. Qubbalari birinchi yili yetilib, bo‘yi 16 sm ga, diametri 4-5 sm ga etadi. Ular daraxtning uchki qismida kalta bandchada joylashadi. Uning tangachalari butun, yumaloq, yaltiroq, bo‘yi 2,2-2,5 sm, eni 1,5-1,8 sm bo‘lib, jigar rangda. Urug‘i 4-5 mm, tuxumsimon bo‘lib, qo‘ng‘ir rangda. Qanotchasining bo‘yi 1,5 sm, eni 0,5 sm, qo‘ng‘ir rangda, teskari tuxumsimon. Qoraqarag‘ay urug‘idan yaxshi ko‘payadi. Havoning va tuproqning bir oz quruqligiga chidamli. U 3000 m gacha balandda o‘sadi. Yer tanlamaydi, toshli yerlarda, tog‘, daryolar bo‘yida, tog‘ qiyaliklarida ko‘proq uchraydi. Tikanli qoraqarag‘ayining yog‘ochi qurilish materiali sifatida ishlatiladi. Uni ko‘kalamzorlashtirish uchun foydalanish keng ta’vsiya etiladi.

Toshkent Botanika bog'iga Picea pungens Engelm. turning urug’lari Yalta davlatidan F.N. Rusanov tamonidan 1953-yilda introduksiya qilish maqsadida olib kelinib ko’chatxonalarga ekilgan. Urug’lardan ekilgan nihollar 1953-yilning mart oyida unub chiqgan va yosh nihollari 1959-yilda ignabargli o’simliklar kolleksiyasiga ko‘chirib o‘tkazilgan. Hozirgi vaqtda kolleksiyada ushbu turning 2 -ta katta yoshli daraxtlari o'smoqda.


×