Yagona aloqa raqami (+998) 55 512 14 24 Ishonch telefoni (+998) 55 514 14 24

Kaspiy toli

Kaspiy toli (Salix caspica Pall.) Ива каспийская.

 Kaspiy toli (Salix caspica Pall.) Balandligi 3-5 m, diametri 5-6 sm bo’lgan daraxt yoki buta. Tol barg yozib bo’lgandan so‘ng gullaydi. Bu tol qalamchasidan yaxshi ko‘payadi. Tol Mesopotamiyada keng tarqalgan, Kavkazda va Markaziy Osiyo respublikalarida manzarali o‘simlik sifatida ariqlar, hovuzlar bo‘yiga ko‘p ekiladi. Uning barglari to‘q-yashil rangda bo‘lib, shox-shabbasi pastga osilib o‘sganligidan nihoyatda chiroyli. Yog‘ochi oq, egiluvchan bo‘lib, novdalaridan savat to‘qiladi. 2- 3 yillik novdalaridan tokzorlarga ishkom qilish uchun va mayda asbob-uskunalar yasashda ishlatiladi. Bu tur madaniy o‘rmonlarda ko‘p ekiladi. U daryo bo‘ylarida, orollarda o‘sib, qalin o‘rmonzorlar hosil qiladi. Bu tol qalamchalaridan yaxshi ko‘karadi. Uning novdasidan eng sifati savatlar to‘qiladi. Po‘stlog‘ida 6-15 % miqdorida tannin moddasi bor.

Toshkent Botanika bog'iga Salix caspica Pall. turning uruglari 2014-yilda introduksiya qilish maqsadida olib kelinib kochatxonalarga ekilgan. Uruglardan ekilgan nihollar 2014-yilda unub chiqgan va yosh nihollari 2016-yilda Markaziy Osiyo ekspozitsiyasiga ko‘chirib o‘tkazilgan. Hozirgi vaqtda ekspozitsiyada ushbu turning 2-ta katta yoshli daraxtlari o'smoqda.


×