Yagona aloqa raqami (+998) 55 512 14 24 Ishonch telefoni (+998) 55 514 14 24

Lycium halimifolium

Lantseitsimon bagli jingil (Lycium halimifolium Mill.) Дереза ланцетолистный

Lantseitsimon bagli jing’il (lat. Lycium halimifolium Mill.) dereza o'simligi (Lycium) turkumi, Solanaceae (Solanaceae) oilasiga mansub. Asosan Janubiy Evropada keng tarqalgan, manzarali o'simlik sifatida o'stiriladi. Lantseitsimon bagli jing’il, balandligi 1-3 m bo'lgan tikanli buta, novda shaklida, dastlab tik, keyinchalik osilgan novdalar shaklida o’sadi. Barglari cho'zinchoq lantsetsimon. Gullar siyohrang-binafsha yoki kamdan-kam hollarda jigarrang, diametri taxminan 2 sm, gullari barglar qo'ltig'ida 2-5 tadan joylashgan, yoqimli hidga ega. Mevasi uzunchaq shakilda, qizil yoki to'q sariq, urug'lari dumoloq. Oddiy derezaning gullaridan ertalab va kechqurun, asalarilar nektar va gulchanglarni yig'ib olishadi. Xitoy tibbiyotida quruq mevalar dorivor sifatida tanadagi turli xil og'riqlarni davolash uchun ishlatiladi, bosh aylanishida ham davo hisoblanadi.

         Toshkent Botanika bog'iga Lycium halimifolium Mill. turning urug’lari Rim davlatidan akademik F.N. Rusanov tamonidan 1960-yilda introduksiya qilish maqsadida olib kelinib ko’chatxonalarga ekilgan. Urug’lardan ekilgan nihollar 1961-yilning mart oyida unub chiqgan va yosh nihollari 1963-yilda Yevropa-Qrim-Kavkaz ekspozitsiyasiga ko‘chirib o‘tkazilgan. Hozirgi vaqtda ekspozitsiyada ushbu turning 20-ta butalar o'smoqda.


×