Kavkaz jo‘kasi Ли́па опушённосто́лбиковая (Tilia dasystyla Steven)
Kavkaz jo‘kasi katta daraxt bo‘lib, balandligi 25 m ga yetadi. Shox-shabbasi keng, yoyiq bo‘lib, tanasi quyi qismidan shoxlaydi. Po‘stlog‘i avval silliq boiib, so‘ng bo'yiga yoriladi, qoramtir rangda. Novdalari qizgish, kurtaklari oval shaklda boiib, ikkita tangacha bilan qoplangan. Barglari maydaroq, yuraksimon, yuz tomoni to‘q-yashil, orqa tomoni xira boiib, tomirlar burchagi tukli. Kavkaz jo‘kasi may oyida gullaydi. Shingilchasi 5-7 gulli. Gullari juda hidli bo‘lib, hasharotlami o‘zigajalb qiladi. Mevasi avgust oyida yetiladi, lekin daraxtda ko‘p vaqt saqlanib turadi, so‘ngra qish davomida asta-sekin to‘kila boradi, shamol vositasida atrofga tarqaladi. Mevasi yumaloq yong‘oqcha bo‘lib, diametri 8 mm, tukli, sirti g‘adir-budur, 1-2 urug‘i. Urug‘lari bahorda sepilsa, ekishdan avval stratifikatsiya qilinishi kerak. Bu jo ‘ka turi urug‘idan yaxshi ko‘payadi, yosh vaqtida ancha sekin o‘sadi, 5-6 yoshidan boshlab tez o‘sa boshlaydi. Bu tur 300 - 400 yil yashaydi. Ildiz tizimi baquvvat bo‘lib, yerga chuqur o‘sib kiradi, sershox o‘qildizi bor. Unumdor yerda yaxshi o‘sadi, sho‘rtob yerda o‘smaydi. Kavkaz jo‘kasi juda chiroyli daraxt, uni ko‘chalarga, parklarga va aholi yashaydigan joylarga ko‘kalamzorlashtirish maqsadida ekish tavsiya etiladi. Ihota o‘rmon qatorlariga ham ekish mumkin. Havoning issiq va quruq kelishidan qisman zararlanib barglarini to‘ksa ham Toshkent sharoitlarida yaxshi o‘smoqda. O‘rmonchilikda va aholi turar joylami ko‘kalamzorlashtirishda katta ahamiyatga ega.
Toshkent Botanika bog'iga Kavkaz jo‘kasi turning urug’lari Kislovodok davlatidan akademik F.N. Rusanov tamonidan 1952-yilda introduksiya qilish maqsadida olib kelinib ko’chatxonalarga ekilgan. Urug’lardan ekilgan nihollar 1953-yilning mart oyida unub chiqgan va yosh nihollari 7.12.1959-yilda Yevropa-Qrim-Kavkaz ekspozitsiyasiga ko‘chirib o‘tkazilgan. Hozirgi vaqtda ekspozitsiyada ushbu turning 2-ta katta yoshli daraxtlar o'smoqda.