Yagona aloqa raqami (+998) 55 512 14 24 Ishonch telefoni (+998) 55 514 14 24

To'siqsimon pirakanta

Tosiqsimon pirakanta (Pyracantha crenulata (Roxb.) Roem.) Пираканта городчатая.

Balandligi 5 m gacha bo‘lgan doimiy yashil buta yoki kichik daraxt. Kurtaklari tik, to‘q jigarrang, yalang‘och, uzunligi 2 sm gacha bo‘lgan ko‘p sonli tikanlar bilan qoplangan. Barglari lansetsimon shaklda, 2-4 sm uzunlikda. May oyida gullaydi, tо‘pgulining diametri 4 sm gacha, gulchasining diametri 0,8 sm. Gullari ikki jinsli, diametri 6–10 mm. Aprel-mayda pushti-qizil gullari gul tо‘plam shaklida yetiladi va xushmanzara kо‘rinishga egadir, gullari mayda, oq yoki och sarg‘ish tо‘pgul hosil qiladi. Jonli devor barpo etishga mos. Mevalari avgust-noyabr oylarida pishadi. Mevachalari mayda 0,5-0,6 sm diametrga ega, yorqin qizil rangga ega. Mevalari novdasida bahorgacha saqlanish xususiyatiga ega. Sarg‘ish rangli urug‘lari meva ichida aylana holida joylashgan. Pirakanta urug‘lari mayda bо‘lganligi uchun kо‘p hollarda vegetativ kо‘paytiriladi. Mevada urug‘larning soni (n-10) 5 ta. 1000 ta urug‘ og‘irligi 5,03±0,24 g. Mevalari qish davomida ham novdalarida tо‘kilmay saqlanishi tufayli urug‘larni kech kuzgacha tayyorlash va mevadan ajratilgach, darhol tuproqqa ekish tavsiya etiladi. Ekish chuqurligi 1-2 sm. Pirakanta novda qalamchalari bir yillik novdalaridan fevral oxiri-mart boshlarida 10-15 sm uzunlikda tayyorlanadi.

Toshkent Botanika bogiga Pyracantha crenulata (Roxb.) Roem. turning uruglari Xitoy davlatidan A.A. Mavjudov tamonidan 1975-yilda introduksiya qilish maqsadida olib kelinib kochatxonalarga ekilgan. Uruglardan ekilgan nihollar 1975-yilning mart oyida unub chiqgan va yosh nihollari 1976-yilda Sharqiy Osiyo ekspozitsiyasiga ko‘chirib o‘tkazilgan.


×