Tog’ muruchi (Vitex agnus-castus L.) Витекс обыкновенный
Tog’ murch (Vitex agnus-castus L.) bo’yi 4-8 metrga yetadigan, Yalpizdoshlar oilasiga mansub kichik daraxt yoki buta. Vatani – O’rta yer dengizi, issiq mo’tadil va subtropik mintaqalarda keng tarqalgan, o’zining nozik hushbo’y barglari va salqin iqlim sharoitida yozning oxirida ochiladigan lavanda gullari bilan diqqatga sazovordir. U yaxshi quritilgan tuproq bilan birga qisman soyaga chidamli, quyoshni ham yaxshi ko’radi. Tez o’suvchan, yorug’sevar, qurg’oqchilikka va sho’riga chidamlidir. Namlik ko’payib ketsa o’simlik salbiy reaktsiya ko’rsatadi. Tuproqqa talabchan emas. Shahar sharoitlarida changli, gazli-tutunli muhitga chidamli hisoblanadi. Novdalari ingichka, tanasidagi ko’plab efir moyi ajratadigan bezlari bo’lib, juda xushbo’y hid taratadi. Ko’p yillik novdalari 4 qirrali. Barglari uzunligi 4 sm, eni 0,5 sm, ingichka lantsetli, ustki qismi to’q yashil, quyi qismi tuklar bilan qoplangan. Yer ustki qismi ziravor sifatida foydalaniladi. Gullari mayda, binafsha rang, barg qo’ltig’ida 5-10 tadan joylashgan. Tog’ muruchi manzarali o’simlik sifatida landshaftli qurilish va ko’kalamzorlashtirish sohasida keng foydalaniladi. Shahar sharoitlarida changli, gazli-tutunli muhitga chidamli hisoblanadi.
Toshkent Botanika bog'iga Vitex agnus-castus L. turning urug’lari F.N. Rusanov tamonidan 1965-yilda introduksiya qilish maqsadida olib kelinib ko’chatxonalarga ekilgan. Urug’lardan ekilgan nihollar 1966-yilning mart oyida unub chiqgan va yosh nihollari 1970-yilda Yevropa-Qrim-Kavkaz ekispozitsiyasiga ko‘chirib o‘tkazilgan. Hozirgi vaqtda ekispozitsiyada ushbu turning 2-dona kichik daraxtlari o'smoqda.