Yagona aloqa raqami (+998) 55 512 14 24 Ishonch telefoni (+998) 55 514 14 24

Tatar shilvisi

Tatar shilvisi (Lonicera tatarica L.) Жимолость татарска

 Tatar shilvisi o‘rtacha buta yoki kichik daraxt. Shilvi ildizidan bachkilab, vegetativ, ayrim vaqtlarda parxish yo‘li bilan ko‘payadi. U MDH Yevropa qismining sharqi-janubiy hududlarida tabiiy holda o‘sadi. U xushmanzara buta sifatida ekiladi. Sovuqqa, qurg‘oqchilikka, tuproqning sho‘rtobligiga chidamli. Shahar sharoitida havoning ifloslanishiga chidamli. Uning erta bahorda chiroyli gullashi, yozda rezavor mevalarinnng rangdorligi, yer tanlamay turli joylarda o‘sa olishi, qurg‘oqchilikka chidamliligi, ko‘kalamzorlashtirish, o‘rmon xo‘jaligi va o‘rmon melioratsiyasi ishlarida undan keng foydalanishga imkon beradi.

Toshkent Botanika bog'iga Lonicera tatarica L. turning urug’lari Beloya davlatidan A.A. Mavjudov tamonidan 1972-yilda introduksiya qilish maqsadida olib kelinib ko’chatxonalarga ekilgan. Urug’lardan ekilgan nihollar 1973-yilning mart oyida unub chiqgan va yosh nihollari 27.11.1975-yilda Yevropa-Qrim-Kavkaz ekspozitsiyasiga ko‘chirib o‘tkazilgan. Hozirgi vaqtda ekspozitsiyada ushbu turning 2-ta katta yoshli daraxtlar o'smoqda.

 


×