Yagona aloqa raqami (+998) 55 512 14 24 Ishonch telefoni (+998) 55 514 14 24

Tabiiy flora o‘simliklari introduksiyasi laboratoriyasi

Tadqiqotlar olib borish uchun dendropark umumiy maydoni: 3 ga.

Laboratoriya faoliyatining dolzarbligi:

2019 — 2028 yillarda O‘zbekiston Respublikasida biologik xilma-xillikni saqlash strategiyasining ustuvor yo‘nalishlaridan kelib chiqib, iqlimning noqulay sharoitlariga moslashgan istiqbolli o‘simliklar ustida tadqiqotlar olib borish va bioxilma-xillikni saqlab qolish masalalarini iqtisodiyotning boshqa tarmoqlariga integratsiyalash bugungi kunda Toshkent Botanika bog‘ining asosiy vazifalari qatoriga kiradi.

Botanika bog‘ining asosiy qismini egallagan 5 ta mintaqa Shimoliy Amerika, Yevropa-Qrim-Kavkaz, Uzoq Sharq, Sharqiy Osiyo va Markaziy Osiyo ekspozitsiyalarida saqlanayotgan o‘simliklar kolleksiyasidan samarali foydalanish orqali, biologik xilma-xillik ishonchli saqlanishini ta’minlash, Botanika bog‘ining hududiy filiallari, mavjud muhofaza qilinadigan tabiiy hududlarni kengaytirish va yangilarini tashkil etish mumkin.

Botanika bog‘ida uzoq yillar davomida olib borilgan ilmiy izlanishlar natijasida atrof muhit holatini yaxshilashga samarali xizmat qiladigan yuqori manzarali daraxtlar, butalar, o‘t o‘simliklarning keng assortimenti yaratilgan. Botanika bog‘ida O‘zbekiston tabiiy florasiga mansub o‘simliklar genofondini saqlab qolish, noyob va yo‘qolib borayotgan o‘simlik turlarini introduksiya qilish va iqlimlashtirish, noyob va kamayib borayotgan o‘simliklarning morfologik xususiyatlarini o‘rganish asosida ulardagi moslashuvchanlik qonuniyatlarini o‘rganib boriladi. Introduksiya sharoitida o‘simliklarni tirik kolleksiyalarini yaratish va saqlab qolish, boshqa ilmiy, xo‘jalik, madaniy-estetik ahamiyatga ega o‘simliklarni tadqiq etish orqali biologik xilma-xillikni saqlash va boyitish imkoni ortib boradi. Ilmiy-pedagogik, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni amalga oshirib borish soha bo‘yicha malakali kadrlarni tayyorlashga xizmat qiladi. Olingan natijalar manzarali o‘simliklarning madaniy areali kengayib borishi va aholi ekologik madaniyati rivojlanishida muhim ahamiyatga ega.

Maqsad:

Botanika bog‘ida mavjud Tabiiy floradan keltirilgan daraxt va butalar, ko‘p yillik va bir yillik o‘t o‘simliklar kolleksiyani saqlash, yangi tur va formalarni iqlimlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirish uchun yangi istiqbolli assortimentlarni dastlabki introduksiyasi bo‘yicha tadqiqotlar olib borish, ishlab chiqarish va amaliyotga joriy qilish.

Vazifalar:

  • O‘zbekiston florasidagi daraxt va butalar ko‘p yillik va bir yillik o‘t o‘simliklarning tabiiy populyatsiyalarini o‘rganish;
  • Manzarali, dorivor va noyob, Qizil kitobga kiritilgan o‘simliklarning Respublika hududi uchun dastlabki introduksiyasi bo‘yicha tadqiqotlar olib borish;
  • Tabiiy floraga mansub istiqbolli yangi assortimentlarini izlash, iqlimlashtirish va Respublika hududi uchun tavsiya qilish;
  • Xo‘jalik uchun qimmatli tabiiy va introdutsient o‘simliklarni ko‘paytirish bo‘yicha tadqiqotlarni amalga oshirish;
  • Noyob, manzarali o‘simliklarning tur va formalari ustida ilmiy izlanishlar olib borish;
  • Tabiiy floraga mansub o‘simliklardan ishlab chiqarish, landshaft ekosistemalarini yaratish va antropogen omillarning salbiy ta’sirini kamaytirishdagi ahamiyati bo‘yicha tadqiqotlar olib borish;
  • Botanika bog‘ida mavjud ekspozitsiyalarni tiklash va yangilab borish;
  • Manzarali bog‘dorchilik va landshaft arxitekturasi bo‘yicha ishlanmalarni ta’lim va amaliyotga joriy qilish;
  • Sohaga aloqador bakalavr, magistr va ilmiy xodimlar bilan o‘quv va ishlab chiqarish amaliyotlarini tashkil qilish, tajriba maydonlarida o‘quv va ilmiy tadqiqotlar olib borish.

Kutilayotgan natija:

  • noyob turdagi Tabiiy floraga mansub o‘simliklar urug‘larini terish orqali Botanika bog‘i urug‘chilik bo‘limi bazasi yangilab boriladi;
  • introduksiya qilingan Tabiiy floraga mansub o‘simliklar urug‘idan va vegetativ ko‘paytirishning aniq muddatlari ishlab chiqiladi;
  • yangi istiqbolli turlarni Respublikamiz obodonlashtrish sohasiga tuproq iqlim sharoitlaridan kelib chiqqan holda tavsiya etilishi natijasida ularning saqlanib qolish ko‘rsatkichlarini oshiradi;
  • botanika bog‘ida qo‘paytirilayotgan yangi introdusentlar kelgusida ushbu sohaga aloqador tarmoqlar uchun noyob genofond bo‘lib xizmat qiladi;
  • kamyob, endem va yo‘qolib ketayotgan turlarni saqlab qolish imkonini beradi.

Ilmiy-amaliy faoliyat olib borishning huquqiy asoslari

Laboratoriya o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, «Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida», «O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida», «Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risida» va «O‘rmon to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga, shuningdek, 2019 — 2028 yillar davrida O‘zbekiston Respublikasida biologik xilma-xillikni saqlash strategiyasida keltirilgan ustuvor yo‘nalishlar, maqsadlar va vazifalar asosida olib boradi.

Bu maqsad va vazifalar asosida Botanika bog‘ida:

  • Bioxilma xillikni saqlab qolishga hissa qo‘shish;
  • o‘simliklar kolleksiyalarini (shu jumladan noyob va kamayib borayotgan) yaratish va saqlab qolish;
  • o‘simlik resurslarini muhofaza qilish va ulardan samarali foydalanish usullarini takomillashtirish;
  • o‘simliklarga antropogen va iqlim omillarining salbiy ta’siri oqibatlarini kamaytirish;
  • ekologik ta’lim-tarbiyani shakllantirishda bevosita ishtirok etish mumkin bo‘ladi.

 

Ilmiy ishlanmalar:

olingan natijalar asosida biologik xilma-xillikka nisbatan bosimni pasaytirish chora tadbirlari, iqtisodiyotning barcha sektorlarida (ko‘kalamzolashtirish, obodonlashtirish, qurilish va arxitektura tizimida manzarali o‘simliklar assortimentidan foydalanish, landshaft dizayni, xorijdan keltiriladigan import maxsulotlarni kamaytirish) biologik xilma-xillikni saqlash masalalarini integratsiya qilish usullari ishlab chiqiladi;

soha bo‘yicha xukumat doirasida olib borilayotgan islohotlarda ilmiy bilimlarga asoslangan tegishli kompleks qarorlar qabul qilinishiga va samarali amalga oshirilishiga erishiladi.

 

Davlat dasturlari, Prezident Farmonlari va Vazirlar Maxkamasining qarorlari ijrosini ta’minlashdagi ishtiroki:

  1. 2016 yil 21 sentabr,O‘RQ-409-son «O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida»gi qonuni
  2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 17 iyuldagi PQ-3861-son O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Botanika instituti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarori, Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 11 iyundagi 484-son 2019 — 2028 yillar davrida O‘zbekiston Respublikasida biologik xilma-xillikni saqlash strategiyasi qarorilari asosida.
  3. Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 17 yanvardagi 43-son Davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan yerlarda daraxtlar va butalarni ekish, parvarish qilish, kesish hamda daraxtlarni xatlovdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi qarori
  4. Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 24 dekabrdagi 1030-son Ilm-fan va ta’lim sohasidagi davlat tashkilotlarida ilmiy, ilmiy-pedagogik va mehnat faoliyati bilan shug‘ullanuvchi ilmiy darajaga ega xodimlarga qo‘shimcha haq to‘lash tartibi to‘g‘risida nizom talablari asosida

va boshqa Prezident Farmonlari, Vazirlar Maxkamasi qarorlari,

ilmiy yo‘nalish va Respublikada amalga oshirilayotgan islohotlardan kelib chiqib.

 

Laboratoriya tarkibi:

Fan doktori- 1

Fan nomzodi – 2

Kichik ilmiy xodimlar – 2

Mutaxassis – 1

Magistrantlar – 2

Bakalavr (3-kurs) - 2

 

Laboratoriyaga biriktirilgan uchastkalar:

1. Tabiiy flora o‘simliklari kolleksiyasi

2. Piyozlar bog‘i

3. Sistematika uchastkasi


×