Yagona aloqa raqami (+998) 55 512 14 24 Ishonch telefoni (+998) 55 514 14 24

Sulanja magnoliyasi

Sulanja magnoliyasi Магнолия × суланжа (Magnolia ×soulangeana Soul.-Bod)

 Bо‘yi 15-20 metrga yetadigan yirik daraxt. Magnolia turkumi va Magnoliaceae oilasiga mansub duragay gulli daraxt. Barg yozishdan oldin oq, pushti va binafsha ranglarda gullaydi. Gullari xushbo’y, 7-9 yoshida gullaydi. Soya joylarda ham gullovchi daraxtdir. U aprel ouida gullaydi. Turli xil iqlim sharoitlariga chidamli. Ko’p tanali shoxlari tik va yoyilgan tarvaqaylab o’sadi. Tuproq unmdorligiga talabchan. Sernam tuproqlarda yaxshi ko’rmaydi. Gullari sovuqdan zararlanadi. 1826 yilda Parijda Soulanj-Bodin tomonidan fanga kiritilgan. Barglarining uzunligi 3 smdan 7 smgacha. Barglari o’tkir uchli elliptiksimon, rangi quyuq yashil. Barglari butun yoz dovomida o’zgarmay yashillikini saqlab turadi. Barglari to’kilishidan oldin sarg’ish-jigarrangga aylanadi. Mevalari 7-20 smgacha, urug’lari qizg’ish rangli 1 smdan 2.5 smgacha. Meva qobig’i silliq, kumushrang

Yog‘ochidan tegirmon g‘ildiraklari yasaladi, tovush o‘tkazmaydigan buyumlar ishlanadi hamda qog‘oz sanoatida foydalaniladi. U nihoyatda chiroyli daraxt boiganligi uchun ko‘kalamzorlashtirishda keng ekiladi. Bu daraxt vatanida ham ko‘kalamzorlashtirishda keng qoilaniladi.


×